Sam Larsson
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Sam Andreas Larsson | ||
Tavallud sanasi | 10-aprel 1993-yil | ||
Tavallud joyi | Gyoteborg, Shvetsiya | ||
Boʻyi | 1.79 m | ||
Ampluasi | Qanot yarim himoyachisi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Antalyaspor | ||
Raqami | 20 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
—2009 | IK Zenith | ||
2010—2012 | IFK Göteborg | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012—2014 | IFK Göteborg | 49 | (6) |
2014—2017 | Heerenveen | 86 | (23) |
2017—2020 | Feyenoord | 72 | (14) |
2020—2022 | Dalian Professional | 26 | (7) |
2022— | Antalyaspor | 4 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2012 | Shvetsiya 19 yoshgacha | 3 | (0) |
2013—2015 | Shvetsiya 21 yoshgacha | 10 | (1) |
2016— | Shvetsiya | 4 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (27-avgust 2022-yil (utc) uchun) |
Sam Andreas Larsson (talaffuzi: Sem Andreas Larsson; 1993-yil 10-aprelda tugʻilgan) — shvetsiyalik professional futbolchi. U Super liganing Antalyaspor klubi va Shvetsiya terma jamoasida qanot yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]IFK Göteborg
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gyoteborgda tugʻilgan Sam Larsson 2013-yil mart oyida IFK Göteborg uchun Shvetsiyaning eng yuqori ligasi Allsvenskanda mahalliy raqib BK Hackenga qarshi oʻyinda ilk bor maydonga tushdi[1]. 3:0 hisobidagi gʻalabada bitta gol urib, yana ikkita golli uzatmani amalga oshirib, Larsson tezda muvaffaqiyatli faoliyatini boshladi, menejer Mikael Stahre uni „shved braziliyalik“ deb taʼrifladi, bundan tashqari Larsson toʻp bilan ishlashdagi mahorati va oldindan aytib boʻlmaydigan harakatlari sababli oʻziga „Samba-Sam“ laqabini ham oldi.
Muvaffaqiyatli birinchi mavsumdan soʻng, keyingi yil davomida Larsson ijodiy oʻyini uchun katta maqtovga sazovor boʻldi va jamoasini hujum paytida boshqarishda katta rol oʻynadi[2].
Heerenveen
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014—2015-yilgi mavsum
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yil 12-avgustda IFK Göteborg Larssonni Gollandiyaning Heerenveen jamoasiga oʻtganini eʼlon qildi[3]. 23-avgust kuni Larsson yangi klubi uchun birinchi liga oʻyinini oʻtkazdi, bu oʻyinda u bir marta gol urib, SBV Excelsior ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Jarohat olgan birinchi davradan soʻng, Larsson oʻyinlari uchun koʻp maqtovga erisha boshladi, jumladan, Heerenveen menejeri Dwight Lodeweges Larsson va argentinalik yulduz Lionel Messi oʻrtasidagi oʻxshashliklarni aytib uni maqtagan[4]. Heerenveen mavsumni Eredevisieda 7-oʻrinda yakunladi, Larsson 25 ta oʻyinda 8 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi[5].
2015—2016-yilgi mavsum
[tahrir | manbasini tahrirlash]Larssonning Heerenveen bilan ikkinchi mavsumida klub qiyin davrni boshdan kechirdi va liga jadvalining quyi yarmiga tushib ketdi. Larssonning gol urishi garchi u Eredivisieda eng koʻp gol urish imkoniyatini yaratgan oʻyinchi sifatida eʼtirof etilgan boʻlsa-da, avvalgi bahorga qaraganda kamroq sodir boʻldi[6]. Heerenveen texnik direktori Hans Vonk tomonidan esa u ligada mavsumning eng yaxshi driblingchisi sifatida eʼtirof etilgan[7]. Heerenveen mavsumni 12-oʻrinda yakunladi[8], Larsson 6 ta gol urdi va yana 8 ta golga assistentlik qildi. Yil oxirida Larsson Gollandiyaning De Telegraaf gazetasi tomonidan mavsumning eng yaxshi jamoasi deb topilgan jamoa aʼzosi sifatida eʼtirof etildi[9].
Feyenoord
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yilning 21-avgustida Larsson 4 yillik shartnoma asosida Feyenoordga oʻtdi[10][11]. 9-sentyabr kuni Larsson Feyenoord safida Heracles Almeloga qarshi safar oʻyinida debyut qildi va bu oʻyinda u Feyenoordning 4-golini kiritdi[12]. 25-oktyabr kuni Larsson KNVB kubogining ikkinchi bosqichida AVV Swiftga qarshi oʻyinda faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etdi[13]. U Feyenoord bilan jami 4 ta gol urib, KNVB kubogini qoʻlga kiritdi.
2018-yil 8-avgust kuni Feyenoord PSV Eindhovenga qarshi oʻyinda gʻalaba qozonib, Johan Cruyff Shield kubogini qoʻlga kiritdi. Oʻyin 0:0 hisobida yakunlandi, natijada penaltilar seriyasida Feyenoord 5:6 hisobida muvaffaqiyat qozondi. Larsson penaltidan foydalana olmadi.
Dalian Professional
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yilning 28-fevralida Larsson Dalian Professional jamoasiga uch yillik shartnoma asosida qoʻshildi[14][15].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Larsson 2016-yil oktyabr oyida Lyuksemburg va Bolgariyaga qarshi 2018-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari uchun Shvetsiya terma jamoasiga birinchi chaqiruvini oldi, biroq u keyinchalik jarohati tufayli tarkibni tark etdi[16]. 2016-yil 15-noyabr kuni Shvetsiya terma jamoasi safida Vengriyaga qarshi mehmonda oʻtkazilgan debyutining 30-daqiqasida Larsson jarima zarbasidan gol urdi.
2018-yilda Larsson 2018-yil 6-sentyabrda Avstriyaga qarshi boʻlib oʻtadigan oʻrtoqlik oʻyini va 2018-yil 10-sentyabrda Turkiyaga qarshi UEFA Millatlar ligasi 2018—2019 oʻyinlari oldidan yana Shvetsiya terma jamoasiga chaqirildi[17].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Larsson sobiq professional futbolchi Daniel Larssonning ukasi.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Kontinental | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
IFK Göteborg | 2012 | Allsvenskan | 2 | 0 | 0 | 0 | — | — | 2 | 0 | ||
2013 | Allsvenskan | 29 | 4 | 7 | 1 | 2 | 0 | — | 38 | 5 | ||
2014 | Allsvenskan | 18 | 2 | 4 | 1 | 6 | 0 | — | 28 | 3 | ||
Jami | 49 | 6 | 11 | 2 | 8 | 0 | 0 | 0 | 68 | 8 | ||
Heerenveen | 2014—2015 | Eredivisie | 21 | 8 | 0 | 0 | — | — | 21 | 8 | ||
2015—2016 | Eredivisie | 34 | 6 | 3 | 0 | — | — | 37 | 6 | |||
2016—2017 | Eredivisie | 31 | 9 | 3 | 0 | — | — | 34 | 9 | |||
Jami | 86 | 23 | 6 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 92 | 23 | ||
Feyenoord | 2017—2018 | Eredivisie | 19 | 4 | 4 | 4 | 6 | 0 | — | 29 | 8 | |
2018—2019 | Eredivisie | 32 | 6 | 4 | 1 | 2 | 0 | — | 38 | 7 | ||
2019—2020 | Eredivisie | 21 | 4 | 3 | 0 | 10 | 2 | — | 34 | 6 | ||
Jami | 72 | 14 | 11 | 5 | 18 | 2 | 0 | 0 | 101 | 21 | ||
Dalian Professional | 2020 | Xitoy Super ligasi | 18 | 4 | 0 | 0 | — | — | 18 | 4 | ||
2021 | Xitoy Super ligasi | 8 | 3 | 0 | 0 | — | 2 | 0 | 10 | 3 | ||
Jami | 26 | 7 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 28 | 7 | ||
Faoliyati jami | 233 | 50 | 28 | 7 | 26 | 2 | 2 | 0 | 289 | 59 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2018-yil 6-sentyabr holatiga koʻra:
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Shvetsiya | 2016 | 1 | 1 |
2017 | 2 | 0 | |
2018 | 1 | 0 | |
Jami | 4 | 1 |
Xalqaro gollar
- Gollar va natijalar birinchi boʻlib Shvetsiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
# | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2016-yil 15-noyabr | Groupama Arena, Budapesht, Vengriya | Vengriya | 1-0 | 2-0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- IFK Göteborg
- Svenska Cupen: 2012—2013; Feyenoord
- 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2015
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Wagner, Michael. „Glöm brorsan - här bjuds på Samba“ (shvedcha). Aftonbladet (31-mart 2013-yil). Qaraldi: 27-avgust 2016-yil.
- ↑ Jönsson, Fredrik. „Nytt vackert förarbete från Sam Larsson“ (shvedcha). Aftonbladet (25-may 2014-yil). Qaraldi: 27-avgust 2016-yil.
- ↑ „Sam på väg till Heerenveen“. IFK Göteborg (12-avgust 2014-yil). 2014-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-avgust 2014-yil.
- ↑ Jongmans, Robin. „'Sam Larsson snel als Messi'“ (niderlandcha). De Telegraaf (3-aprel 2015-yil). Qaraldi: 27-avgust 2016-yil.
- ↑ „Sam Larsson - History“. WhoScored. Qaraldi: 27-avgust 2016-yil.
- ↑ Tivemo, Joel. „Sam Larsson – mest kreativ i Eredivisie“ (shvedcha). Göteborgs Posten (29-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 27-avgust 2016-yil.
- ↑ Ivanovski, Alexander. „Sam Larsson hyllas av Heerenveens sportchef“ (shvedcha). Silly Season (15-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 27-avgust 2016-yil.
- ↑ „Eredivisie Table & Standings“. SkySports. Qaraldi: 27-avgust 2016-yil.
- ↑ „PSV troeft Ajax ook in Elftal van het Jaar af“ (niderlandcha). De Telegraaf (9-may 2016-yil). Qaraldi: 27-avgust 2016-yil.
- ↑ „Feyenoord sign winger Larsson from Heerenveen“. FourFourTwo (21-avgust 2017-yil). 22-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2017-yil.
- ↑ „Sam Larsson voor vier jaar naar Feyenoord“ (niderlandcha) (21-avgust 2017-yil). Qaraldi: 21-avgust 2017-yil.
- ↑ „Feyenoord haalt opgelucht adem in Almelo“ (niderlandcha) (9-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 9-sentabr 2017-yil.
- ↑ „Larsson schiet Feyenoord naar volgende ronde bekertoernooi“ (niderlandcha) (25-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 27-oktabr 2017-yil.
- ↑ „'Larsson tekent driejarig contract en gaat samenwerken met Benítez en Hamsik'“ (nl-NL). www.voetbalprimeur.nl. Qaraldi: 28-fevral 2020-yil.
- ↑ „Sam Larsson naar China“ (niderlandcha). www.feyenoord.nl. Qaraldi: 28-fevral 2020-yil.
- ↑ „Oktobertruppen uttagen“. svenskfotboll.se (27-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 19-oktabr 2016-yil.
- ↑ „Omstart för herrarna i Nations League“ (shvedcha). Svenskfotboll (2018-yil 29-avgust). Qaraldi: 30-avgust 2018-yil.
- ↑ „Sweden - S. Larsson - Profile with news, career statistics and history - Soccerway“. Soccerway. Qaraldi: 2019-yil 7-aprel.
- ↑ „S. Larsson - Voetbal International“. Voetbal International. Qaraldi: 7-aprel 2019-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Feyenoord wint KNVB-beker mede dankzij prachtgoal Van Persie — AD (niderlandcha)
- ↑ „Soccerway Match Report“. Soccerway (4-avgust 2018-yil). Qaraldi: 17-avgust 2018-yil.