Kontent qismiga oʻtish

Samandar Hamroqulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Samandar Hamroqulov
Tavalludi 23-dekabr 1978-yil (1978-12-23) (46 yosh)
Janrlar Pop-folk
Faoliyat yillari 1999 — bugun
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Amplua vokal
Mukofotlari
Veb-sayt samandarmedia.uz

Samandar Hamroqulov (23-dekabr, 1978-yilda tugʻilgan) — oʻzbek pop qoʻshiqchisi, aktyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2007)[1]. Samandar 2002-yil „Sevgi fazosi“ qoʻshigʻi bilan Oʻzbekistonda shuhrat qozongan. U ham oʻzbek, ham rus tillarida qoʻshiq kuylaydi[2].

Samandar 1999-yil „Chayon gul“ filmida ilk yirik rolini oʻynadi. 2005-yil suratga olingan „Yarim baxt“ filmidagi roli Samandarga yanada koʻproq shuhrat olib keldi. Bu muvaffaqiyatlardan keyin Samandar bir necha filmda rol oʻynadi.

1978-yil 23-dekabr kuni Namangan shahrida sanʼatkor va qiziqchi Rustam Hamroqulovlar oilasida tavallud topgan. Namangan shahridagi Farobiy nomidagi 2-sonli maktabga borgan. 1996-yildan 2000-yilgacha Toshkent Davlat Sanʼat institutining „Musiqali drama“ fakultetida oʻqigan. Samandar Hamraqulovning sanʼat sohasiga kirib kelishining asosiy sababi uning sanʼatkor oilasida tugʻilganligi bilan oʻzaro bogʻliqdir. Samandar Hamraqulov xalq orasida "Sevgi fazosi“ qoʻshigʻi bilan tanilgan boʻlib, bu qoʻshiq xonandaning ilk ijodi hisoblanadi. Soʻng „Asalim goʻzal“, „Samandar tangosi“ hamda 2002-yilda suratga olingan Rustam Saʼdiyevning „Muhabbat sinovlari“ filmiga ishlangan „Sen oʻzing“ soundtreki juda ham ommalishib, xit tarona darajasiga yetgan. Xonanda oʻzini aktyorlik sohasida ham sinab koʻrgan va bir necha muvafaqqiyatlarga erishgan[3]. 2007-yil 10-avgustda Dilnoza Mamatova bilan turmush qurgan.

  • Otasi, Hamroqulov Rustamali Ikromaliyevich (1953-1989) — OʻzSSR Lenin mukofoti sovrindori, OʻzSSRda xizmat koʻrsatgan artist[4].
  • Onasi, Yuldasheva Mavluda Mamadaliyevna (1953) — filolog (oliy toifali ona tili va adabiyot oʻqituvchisi).
  • Akasi, Hamroqulov Iskandar Rustamaliyevich (1977) — aktyor, qiziqchi.
  • Singlisi, Hamroqulova Sevara Rustamaliyevna (1981) — satira teatri aktrisasi.
  • Turmush oʻrtogʻi, Hamroqulova (Mamatova) Dilnoza Alisherovna (1989) — filolog (fransuz tili)[5].

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studiyaviy albomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Sevgi fazosi“ (2002)
  • „Samandar tangosi“ (2005)

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Film
Yil Film Rol Manba
1999 Chayon gul
2002 Muhabbat sinovlari
2003 Taqdir
2004 Muhabbatimsan
2005 Yarim baxt
2007 Yangi boy Qobiljon
2008 Zirabcha
2010 Arzanda
2013 Gumroxlar
2017 Notanish yulduz
Serial
Yil Serial Rol Manba
2019 Hamyon
2002 Hayot oʻyini
  • „Tarona Taqdimoti — 2002“ marosimining — „Musiqada yil yangiligi“ nominatsiyasi sovrindori.
  • „Nihol-2003“ sovrindori.
  • „Tarona Taqdimoti — 2004“ marosimining — „Yil qoʻshiqchisi“ nominatsiyasi sovrindori.
  • 2007-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ mukofoti sovrindori[1].
  1. 1,0 1,1 „O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artistlar“. data.gov.uz. 2021-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-aprel.
  2. „Samandar Xamraqulov biografiyasi“.
  3. „Samandar Hamroqulov from Uzbekistan“. popnable.com.
  4. „Rustam Hamroqulovni yod etib: «Oʻlim uni shoshirib qoʻygandi!»“. xabar.uz. Qaraldi: 2018-yil 3-may.
  5. „SAMANDAR HAMROQULOV RAFIQASINI QUVONChLI SANA BILAN MUBORAKBOD ETDI“. darakchi.uz. 2017-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-aprel.