Kontent qismiga oʻtish

Samanta Harvey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Samantha Harvey
Asl ismi Samantha Harvey
Tavalludi 1975-yil
Kent, Angliya
Kasbi yozuvchi
Ijod qilgan tillari Ingliz tili
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Shoh asari The Wilderness (2009)
Orbital (2023)
Mukofotlari Betty Trask Prize (2009)
Booker Prize (2024)
Veb-sayti
samanthaharvey.co.uk

Samantha Harvey (1975-yilda tugʻilgan) – ingliz yozuvchisi. U Orbital romani uchun 2024 Booker Prize mukofotini qoʻlga kiritgan[1][2].

Samantha Harvey 1975-yilda Angliyada tugʻilgan. Harvey 10 yoshigacha, ota-onasi ajrashguniga qadar Maidstone yaqinidagi Ditton, Kentda yashaydi[3]. Shundan soʻng, onasi Irlandiyaga koʻchib ketadi, Harvey esa oʻsmirlik yillarini York, Sheffild va Yaponiyada oʻtkazdi[4]. U York Universiteti va Sheffild Universitetida falsafa boʻyicha tahsil oldi. Shuningdek, 2005-yil Bath Spa Universitetida Creative Writing (ijodiy yozish) boʻyicha magistraturani tugatib, shu sohada falsafa doktori (PhD) darajasini oldi[5].

Ijodiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2014-yilgi Wigtown kitob festivalida sahnadagi chiqishi

Uning dastlabki romani "The Wilderness" (2009) altsgeymer kasalligidan aziyat chekayotgan insonning xotiralari haqida hikoya qiladi[6]. Ikkinchi romani "All Is Song" (2012) insoniy munosabatlar, eʼtiqodga asoslangan moral anʼanalar va falsafiy shubha oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarni yoritadi[7]. Muallif ushbu romanni Suqrot hayotining erkin, zamonaviy talqini sifatida taʼriflagan[6].

Uning uchinchi romani "Dear Thief" nomi oshkor qilinmagan ayolning yoʻqolgan doʻstiga yozgan uzun maktubi boʻlib, unda sevgi uchburchagining emotsional oqibatlari batafsil tasvirlangan. Roman Leonard Koenning "Famous Blue Raincoat" qoʻshigʻiga asoslangan deyiladi[8]. „Dear Thief“ romani 2014-yilda Jonathan Cape nashriyoti tomonidan chop etilgan. Harveyning toʻrtinchi romani "The Western Wind" XV asrda Somersetdagi ruhoniy haqida hikoya qiladi. Asar 2018-yil mart oyida nashr etilgan[9].

"The Shapeless Unease" (2020) avtobiografik asar boʻlib, muallifning uyqusizlik va ruhiy salomatligi bilan bogʻliq kechinmalarini yoritadi. Uning eng oxirgi romani "Orbital" (2023) inson va Yer oʻrtasidagi murakkab aloqalarni kosmik stansiyada kechgan voqealar orqali tasvirlaydi[6].

Uning qisqa hikoyalari Granta[6] va BBC Radio 4 da chiqqan[10]. U The Guardian va The New York Times uchun taqrizlar berib boradi, shuningdek, The New Yorker, The Telegraph, The Guardian va TIME nashrlarida oʻzining esse va maqolalarini chop etib boradi. Harvey Radio 4 ning "Front Row", „Open Book“, „A Good Read and Start the Week“ va Radio 3 ning "Free Thinking" koʻrsatuvlarida qatnashgan[11].

2015-yilgi Edinburg xalqaro kitob festivalida Petina Gappah va Li Randall bilan sahnada

Harveyning romanlari koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan, Man Booker mukofoti, Baileys Womenʼs Prize for Fiction, James Tait Black Memorial mukofoti, Walter Scott mukofoti va Orange mukofoti shular jumlasidandir. 2010-yilda u The Culture Show tomonidan 12 ta eng yaxshi britan romannavislardan biri deb topildi[6]. Shuningdek, 2019-yilda "The Western Wind" romani uchun Staunch Book Prize mukofotini qoʻlga kiritdi.

Harvey asarlari Buyuk Britaniyada Jonathan Cape va AQShda Grove Atlantic tomonidan nashr etiladi.

Harveyning yozuv uslubi Virjiniya Vulfning yozuv uslubi bilan taqqoslanadi[12]. Samantha Harver oʻz romanlarida insoniyatning ruhiy tajribalarini oʻrganadi. Uningg asarlari tilning boyligi va falsafiy nuqtayi nazarlari bilan ajralib turadi.

Nominatsiya va mukofotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orbital romani 2024-yil 12-noyabrdda Booker Prize mukofotiga loyiq koʻrildi[13].

Bibliografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harveyning romanlari xitoy, golland, fransuz, nemis, yunon, italyan, ispan, ibroniy, norveg, portugal va rumin tillariga tarjima qilingan[6].

  1. Creamer, Ella. „Percival Everett and Rachel Kushner make the 2024 Booker prize shortlist“ (2024-yil 16-sentyabr).
  2. Creamer, Ella. „Samantha Harvey's 'beautiful and ambitious' Orbital wins Booker prize“. The Guardian (2024-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 12-noyabr.
  3. Hilder, Susan „Novelist on prestigious book list“. Kent Online (2009-yil 25-may). Qaraldi: 2024-yil 5-oktyabr.
  4. Harvey, Samantha (2 March 2019). "Samantha Harvey on Maidstone: 'Our three-bed semi was state-of-the-art 80s kitsch'". The Guardian. https://www.theguardian.com/books/2019/mar/02/samantha-harvey-made-in-maidstone. Qaraldi: 5 October 2024. 
  5. „Samantha Harvey – Bath Spa University“. www.bathspa.ac.uk. Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 „About“, Samantha Harvey website.
  7. Text on the inside cover of All Is Song.
  8. „Samantha Harvey Interview | CBC Radio“ (2015-yil 30-yanvar).
  9. „Samantha Harvey Interview | CBC Radio“ (2015-yil 30-yanvar).
  10. „BBC Radio 4 – Skylines, African Beauty, by Samantha Harvey“.
  11. „News – Samantha Harvey“. www.samanthaharvey.co.uk. Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.
  12. Wood, Gaby „Why great novels don't get noticed now“. telegraph.co.uk (2015-yil 14-mart). Qaraldi: 2023-yil 23-mart.
  13. Rufo, Yasmin „British author Samantha Harvey wins Booker with space story“. BBC News (2024-yil 12-noyabr).
  14. Cummins, Anthony. „Samantha Harvey: 'I like Alien as much as anybody else. But I see this novel as space pastoral'“ (en-GB). The Guardian (2023-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 8-iyun.
  15. Ferris, Joshua. „It's Harder to See the World's Problems From 250 Miles Up“ (en-US). The New York Times (2023-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 8-iyun.
  16. Patrick, Bethanne „Lacking perspective? Try orbiting the Earth at 17,500 miles per hour“ (en-US). Los Angeles Times (2023-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 8-iyun.
  17. Kelly, Stuart „Book review: Orbital, by Samantha Harvey“. The Scotsman (2023-yil 6-dekabr).
  18. Mars-Jones, Adam. „Space Aria“ (en). London Review of Books (2024-yil 8-fevral). Qaraldi: 2024-yil 8-iyun.
  19. „The Shapeless Unease“. Penguin Books UK. Qaraldi: 2020-yil 25-mart.