Samarqand (mehmonxona)
"SAMARQAND" — mehmonxona; Samarqand sh. Oxunboboyev koʻchasida joylashgan (1967, meʼmori O.Aydinova). Amir Temur maqbarasi yaqinida. Mehmonxona 9 qavatli yotokxona va bir kavatli jamoatxonadan tuzilgan. "S."ning xrvuz va favvorali markaziy xiyobonga karagan bosh tarzi ayvonchalardan, Oxunboboyev koʻchasiga qaragan tarzi yozgi yengil balkonlardan tashkil topgan. 320 oʻrinli 1 va 2 kishilik xonalardan iborat boʻlgan 9 qavatli yotoqxonaning har bir xonasi barcha qulayliklarga ega, devor ichi mehrob shaklida ishlangan shkaflar bilan jihozlangan. Jamoatxona qismi interyeri koshinkori, ganch va yogʻoch oʻymakorligi bilan jozibali bezatilgan; unda xizmat koʻrsatish boʻlimi, restorankafe, banket zali, doʻkonchalar joylashgan va u ichki hovli bilan uzviy bogʻlangan. Yotoqxona qismining tomi, yaʼni 10qavati shahar manzarasini tomosha kilish uchun moslashtirilgan maydonchaga aylantirilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |