Samarqand viloyat bolalar kutubxonasi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Samarqand viloyat bolalar kutubxonasi | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston UZB |
Tashkil etilgan: | 1911-yil |
Manzil | 703005, Samarqand shahri, Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chasi, 62-uy |
Boʻlimlar | 8 ta |
Mavjud kitoblar soni | |
Elektron Kitoblar: | - |
Kitob lar: | - |
Direktori: Yusuf Muhammadiyev | |
Veb-sayt | Sakutubxona.uz (Wayback Machine saytida 29-sentabr 2022-yil sanasida arxivlangan) |
Xarita |
Samarqand viloyat bolalar kutubxonasi 1953-yilda 1-sonli shahar kutubxonasi negizida tashkil etilgan. Kutubxona binosi sobiq viloyat pionerlar saroyida joylashgan edi.
Dastlab kutubxona fondi 15 ming nusxadan iborat boʻlgan. 1970-yilda viloyat bolalar kutubxonasi Pushkin nomidagi viloyat universal ilmiy kutubxonasining oldingi joylashgan binosiga koʻchirilgan va shu yili kutubxonaga Abu Rayhon Beruniy nomi berilgan.
Kutubxona Kitob saqlash, Adabiyotlarga ishlov berish va toʻkislash, Kitobxonlarga xizmat koʻrsatish, Nafosat, Maʼlumot-bibliografiya, Ilmiy-metodik boʻlimlaridan iborat. Kutubxona viloyatdagi bolalar uylari va maktab-internatlariga kutubxona xizmatini koʻrsatish uchun ularni otaliqqa olgan. Kutubxonada oʻzbek va rus tillarini oʻrganish boʻyicha kurslar tashkil etilgan.[1] Hozirgi kunda kutubxona fondida 153 ming nusxadan ortiq adabiyotlar saqlanmoqda.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bugungi kunda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bugungi kunda viloyat bolalar kutubxonasi fondida 130 ming 304 dona kitob boʻlib, 19 ming 800 nomdagi adabiyot mavjud. Shundan 100 ming 38 tasini qogʻozli, 30 ming 266 tasini elektron adabiyotlar tashkil qiladi. Ulardan 21 mingdan ziyod kitobxonlar foydalanmoqda.
Kutubxonamizda 35 nafar kutubxonachi xodim faoliyat yuritib, ular oyda 70 ta asar oʻqiydi va umumta’lim maktablaridagi targʻibot tadbirlarida oʻquvchilarga bu asarlar haqida soʻzlab beradi. Har bir sinfda 35 nafar oʻquvchi boʻlsa, 2450 nafar oʻquvchi bir oyda 70 ta asarning gʻoyasi bilan tanishadi.
Pandemiya davrida kutubxona xodimlari masofadan ishlash tizimini yoʻlga qoʻydi. Ular masofadan ishlashni tashkil etib, ijtimoiy tarmoqlarda “Ilmli kishi xor boʻlmas”, “Kitoblar olami”, “Kitob - bilim chirogʻi”, “Jajji kitobxonlar” kabi kanallar tashkil etdi va bu orqali eng durdona adabiyotlar tanlanib kitobxonlarga tavsiya etildi. Ularga istagan adabiyotlari oʻz vaqtida audio va elektron shaklda taqdim etildi.
Bugunga qadar online-kutubxonamizda 10 ta kanal va guruh tashkil etilgan. Ulardagi kitobxonlar soni 57 ming 699 nafardan ortiq, turli sohalardagi 75 ming 224 ta badiiy elektron adabiyotlar, 27 ming 161 ta audio adabiyotlar hamda 47 ming 227 ta boshqa turdagi ma’lumotlar yetkazib berilgan.[2] Hozirgi kunda kutubxona fondida 153 ming nusxadan ortiq adabiyotlar saqlanmoqda.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Abu Rayhon Beruniy nomidagi Samarqand viloyat bolalar kutubxonasi?“. 25-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-yanvar 2023-yil.
- ↑ „Samarqand viloyat bolalar kutubxonasi kitobxonlarga masofadan turib xizmat ko‘rsatmoqda?“. 25-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-yanvar 2023-yil.