Kontent qismiga oʻtish

Samarqanddagi jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Samarqanddagi jome masjidVIII asr oʻrtalarida barpo etilgan va 1220-yil mart oyida moʻgʻullar tomonidan shaharga bostirib kirish paytida vayron qilingan masjid, moʻgʻullarga qarshilik qilgan shahar himoyachilarining soʻnggi qalʻasi. Abu Hafs an-Nasafiyning maʼlumoticha, jome masjidi moʻgʻullar bosqinigacha Samarqandda mavjud boʻlgan 15 ta masjidlardan biri boʻlgan[1]. Olimlarning fikricha, Samarqandning jome masjidi Markaziy Osiyodagi arab masjidining ilk namunasi bo‘lgan yagona shakli boʻlgan.

Masjid shahristonning qadimiy qismi, shimolda qalʼaning gʻarbidagi maydonda barpo etilgan. X asr oxirida masjid oʻzining asl koʻrinishida mavjud boʻlgan davrda sayohatchi, geograf Ibn Havqal masjidni shahristonda qalʼa ostida joylashganligini va uni qalʼadan katta yoʻl bilan ajratilganligini qayd etgan. Abu Hafs as-Samarqandiyning XII asrdagi asarida shunday yozilgan: „... Samarqandda joylashgan jome masjidi kofirlar davrida ularning ibodatxonasi va sajdagohi boʻlgan. Xulafoi roshidinning biri amir Usmon xalifaligi davrida Samarqand bosib olinib, o‘sha joydagi butlar boshi yerga qaratilib, sindirildi, ibodatxona shaharning jome masjidiga aylantirildi.“[2].

XI asrda masjidning ayniqsa, hashamatli g'arbiy devori deyarli butun uzunligi boʻylab vayron qilingan. Bu devorga qaralgan koʻp sonli neflar borligi, bu yerda geometrik hisob-kitoblarga koʻra bir emas, balki bir necha mehroblar boʻlganini faraz qilish imkonini bergan, lekin bu Oʻrta Osiyo masjidlari uchun xos boʻlmagan, biroq bunday qurilishlar gʻarbiy islom meʼmorchiligida uchraydi. Masalan, Damashqdagi Umaviylar masjidi[3]. Mo‘g‘ullar masjidni vayron qilgandan so‘ng, Amir Temur farmoni bilan Samarqandda dunyodagi eng katta masjidlardan biri bo‘lgan yangi jome masjidi qurilgan[4].

  1. Samarqand va Zarafshon vohasi tarixi zamonaviy tadqiqotlarda, 2020, s. 63.
  2. Хмельницкий С. Г., 2020, s. 64.
  3. Хмельницкий С. Г., 2020, s. 64–65.
  4. Хмельницкий С. Г., 2020, s. 66.