Kontent qismiga oʻtish

Samarqandiy Muhammad Ibn Abdujalil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Samarqandiy Muhammad Ibn Abdujalil (12-asr) — hanafiy muhaddis. Abu Hafs Najmiddin Umar ibn Muhammad anNasafiyning shogirdi. S.ning "Muntaxab kitob alkand fi zikr ulamoi Samarqand" ("Samarqand ulamolari xotirasiga doir qand (dek shirin) kitobining saylanmasi") kitobi bor. Unda samarqandlik 200 ga yaqin muhaddis, faqih, ulamo haqidagi maʼlumotlar keltirilgan. Oʻziga xos hadis toʻplami hisoblanadigan bu asarning yagona va toʻlik boʻlmagan nusxasi Parijdagi Fransiya milliy kutubxonasida saqlanadi. Fanda hozirgacha fors tilidagi "Kandiya" asari S. "Muntaxab"ining arab tilidan tarjimasi, degan xato tasavvur mavjud.

Durbek Rahimjonov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil