Samarqandning Rossiyaga qoʻshib olinishi
Maʼlumki, Samarqand Rossiya istilosi davrida Buxoro amirligi tarkibida boʻlgan. Rossiyaning Samarqandga yurishlari Turkiston general-gubernatori Konstantin Petrovich Kaufman boshchiligida amalga oshiriladi. 4 mingdan ziyod qoʻshindan iborat harbiy otryad 1868-yil aprelda Samarqandni bosib olishga kirishadi. Bu paytda Buxoro amirligi qoʻshinlari Choʻponota tepaligida joylashgan edi. Rossiya imperiyasi qoʻshinlari kuchli qarshilikka qaramay Amir Muzaffar qoʻshinining ilgʻor qismini tor-mor keltirishga muvaffaq boʻladi. 2-jang Zirabuloq tepaligida boʻlib oʻtadi. Bunda ham imperiya qoʻshinlari gʻalaba qozonib, Samarqandga jangsiz kirib boradi. Podsho hukumati tomonidan yangi bosib olingan hududlarda Samarqand va Kattaqoʻrgʻon boʻlimlaridan tashkil topgan Zarafshon okrugi tuziladi[1].
Qoʻzgʻolon
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zirabuloqda jangi davom etib turgan bir paytda xalq Samarqandda chorizmga qarshi qoʻzgʻolon boshlaydi va Samarqand chorizmga qarshi kurashuvchilar oʻchogʻiga aylanadi. 8-iyun kuni Kaufman boshchiligidagi qoʻshin shaharga bostirib kirib, qoʻzgʻolonni shavqatsizlarcha bostiradilar va bozrolar, hunarmand rastalariga oʻtga qoʻyadilar. Qoʻzgʻolon ishtirokchilaridan 19 kishini oʻlimga, 19 kishini Sibirga surgun etishga hukm qilinadi. Istilochilardan 275 nafari oʻldiriladi va Kaufman buni juda katta yoʻqotish deb baholaydi[2].
Shartnoma
[tahrir | manbasini tahrirlash]Harbiy hujumlar boshlanishidan avval Kaufman Amir Muzaffarga Buxoro amirligi chegaralari Rossiya mulkiga oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi loyihani tasdiqlashni taklif etadi. Biroq loyiha Amir Muzaffar tomonidan rad etiladi. 1868-yil 23-iyunda Samarqandda Amir Muzaffar va Kaufman oʻrtasida sulh shartnomasi imzolanadi. Unga koʻra Samarqand, Kattaqoʻrgʻon Zarafshon daryosining bir qismi xonlikdan ajratib olinb, Rossiya Imperiyasi tarkibiga kiritiladi. Tovon tariqasida amir 500 ming qiymatida tilla pul toʻashga va chet mamlakatlar bilan mustaqil ravishda aloqa oʻrnatmaslikka rozilik beradi. Umuman olganda, urush rasman toʻxtatilib, amirlikning Rossiyaga tobeligi tan olinadi[3].
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]•tarixi[sayt ishlamaydi]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ O'zbekiston tarixi 9-sinf (O'zbekcha) D.A.Alimova: . "sharq" Nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2019 — 31-35-bet. ISBN 978-9943-26-924-8.
- ↑ Hamid Ziyoyev. „HAMID ZIYOYEV. CHORIZM ISTILOSI (1990)“ (O'zbekcha) (10-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 25-iyul 2022-yil.
- ↑ Hamid ziyoyev. „HAMID ZIYOYEV. CHORIZM ISTILOSI (1990)“ (O'zbekcha) (10-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 25-iyul.