Samarqandning Nodirshoh tomonidan bosib olinishi
Samarqandning Nodirshoh tomonidan bosib olinishi afshorlar sulolasidan boʻlgan Eron hukmdori Nodirshoh Afshorning Oʻrta Osiyo harbiy yurishining bir qismi edi. Buxoro xonligiga qarshi 1740-yilda amalga oshirilgan yurishning natijasi maʼlum vaqt davomida Buxoro xonligining qaram boʻlishi bilan yakunlandi.
Samarqandning Nodirshoh tomonidan bosib olinishi | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Asosiy ziddiyat: Nodirshohning Oʻrta Osiyoga yurishi | |||||||||
| |||||||||
Qoʻmondonlar | |||||||||
Nodirshoh Lutfalixon |
Abulfayzxon Abusamxon | ||||||||
Kuchlar | |||||||||
Eron afshorlari | Buxoro xonligi Samarqand bekligi |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nodirshoh qoʻshinlari 1740-yilda Samarqandga hujum qildi. Bu davrga kelib Buxoro xonligi afshorlarga qisman qaram edi. Amir Temurga ixlosi baland boʻlgan Nodirshoh uchun Samarqand ramziy maʼnoga ega edi. Keyinchalik, Nodirshoh Samarqand boʻysundirilgach, Xorazm xonligi tomon harakat qildi, chunki Elbarsxon Buxoro xonligining ittifoqchisi boʻlib, Nodirshoh hokimiyati xavfsizligiga tahdid solardi[1].
Nodirshoh Samarqandni juda oson egalladi. Shahar qoʻlga kiritilganidan biroz vaqt oʻtgach, Nodirshohga Samarqand shimoliga koʻp sonli samarqandlik qoʻzgʻolonchilar va Buxoro va Qoʻqondan kelgan qoʻshin toʻplangani haqida xabar qilinadi. U yerga Nodirshohning ishonchli sarkardalaridan biri Lutfalixon boshchiligida 20 ming kishilik qoʻshin yuboriladi. Yigirma minglik armiya yaqinlashayotganidan xabar topgan qoʻzgʻolonchilar toʻqnashuvdan qochib, shimolga chekinishdi. Ammo Lutfalixon qoʻshini kutilmaganda ularga yetib olgan va qoʻzgʻolonchilarni magʻlub etgan[2].
Rivoyatlarga koʻra, Nodirshoh Samarqanddan Eronga Bibixonim masjidining oltin, kumush, qimmatbaho toshlar, zargarlik buyumlari va boshqa qimmatbaho metallar qotishmasidan quyma qoʻsh eshiklarini, shuningdek, qator meʼmorlar, olimlar, shoirlar va Samarqand hunarmandlarini olib ketgan[3].
Samarqandning bosib olinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Samarqandning oʻsha paytdagi beki (hukmdori) Abusamxon edi. Nodirshoh Samarqandni juda oson egallab oldi, chunki uning qoʻshini yaxshi qurollangan va taʼminlangan edi, jumladan, oʻsha davrda Yevropada ham qoʻllanilayotgan zamonaviy oʻqotar qurollarga ega edi. Buxoro davlati qoʻshini soni Nodirshoh qoʻshinlari sonidan bir necha barobar koʻp boʻlsa-da, eronliklarning kuchli zambarak oʻqlariga toʻliq qarshilik koʻrsata olmadi va javob qaytara olmadi. Nodirshoh va uning qoʻshinlari Samarqandga kelishidan sal avval Abusamxon Qoʻqon xonligi xoni oldiga elchilar yuborib, undan yordam soʻragandi, ammo eronliklar tezda Samarqandga yetib kelib, Qoʻqon xonligidan yordam yetib kelmasidan avval shaharni egallab olishdi. Samarqand qoʻlga kiritilgach, Abusamxon va uning yaqinlari Nodirshoh buyrugʻi bilan qatl etiladi.
Nodirshoh Samarqandni juda oson egalladi. Shahar qoʻlga kiritilganidan biroz vaqt oʻtgach, Nodirshohga Samarqand shimoliga koʻp sonli samarqandlik qoʻzgʻolonchilar va Buxoro va Qoʻqondan kelgan qoʻshin toʻplangani haqida xabar qilinadi. U yerga Nodirshohning ishonchli sarkardalaridan biri Lutfalixon boshchiligida 20 ming kishilik qoʻshin yuboriladi. Yigirma minglik armiya yaqinlashayotganidan xabar topgan qoʻzgʻolonchilar toʻqnashuvdan qochib, shimolga chekinishdi. Ammo Lutfalixon qoʻshini kutilmaganda ularga yetib olgan va qoʻzgʻolonchilarni magʻlub etgan Samarqanddagi yakuniy va hal qiluvchi gʻalabadan soʻng shahar Nodirshoh qoʻshinlari tomonidan talon-toroj qilindi va vayron qilindi. Yuzlab samarqandliklar oʻz yurtdoshlarining eronliklarga qarshi kurashganligi uchun jazo sifatida oʻldirildi. Samarqandning bir qancha masjid va madrasalari talon-toroj qilindi. Ismoil Safaviydan farqli oʻlaroq, Nodirshoh Movarounnahrda shialikni keng targʻib qilmagan
Nodirshoh Samarqandda mashhur sarkarda Amir Temurning Goʻri amir maqbarasidagi qabridagi nefritdan yasalgan qabr toshi haqida eshitgan edi. Nodirshoh Lutfalixonga bu nefrit qabr toshini olib tashlashni va Xurosondagi shialarning muqaddas shahri Mashhadga yuborishni buyurdi. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, u Mashhaddagi masjidlardan birini ana shu nefrit tosh bilan bezatmoqchi boʻlgan, boshqa maʼlumotlarga koʻra, Nodirshohning oʻzi uchun nefritdan yasalgan qabr tosh qoʻyishni rejalashtirilgan. Eronda oʻsha paytda Nodirshoh qabrini tayyorlash ishlari qizgʻin ketayotgan edi, uning qurilishini shaxsan Nodirshohning oʻzi nazorat qilgan. Xususan, Ozarbayjonning shimoli-gʻarbiy viloyatidan katta miqdorda marmar keltirilib, Mashhadga butun Eron va uning atrofidagi davlatlardan 3 mingga yaqin hunarmand koʻchirilib keltirilgandi[4].
ivoyatlarga koʻra, Nodirshoh Samarqanddan Eronga Bibixonim masjidining oltin, kumush, qimmatbaho toshlar, zargarlik buyumlari va boshqa qimmatbaho metallar qotishmasidan quyma qoʻsh eshiklarini, shuningdek, qator meʼmorlar, olimlar, shoirlar va Samarqand hunarmandlarini olib ketgan.
Amir Temurning qabr toshi bilan bogʻliq afsona
[tahrir | manbasini tahrirlash]1741-yil yanvarda Nodirshoh Mashhadga qaytib keldi. Yoʻlda u qoʻshinlari bilan Qoraqum choʻli bilan oʻralgan Marv shahri yaqinida tunash uchun toʻxtadi. Kechasi Nodirshoh dahshatli tush koʻrdi. Tushida u chuqur va qorongʻi tubsizlikka uchayotganga oʻxshardi, lekin tasodifan toshga yopishib oldi va tubsizlik ustidan osilib qoldi. Qoʻrquvdan boshini koʻtarib, tepasida oʻng qoʻlini koʻtargan Amir Temurning sharpasini koʻrdi. Amir Temur unga gʻazab bilan qarab turardi. Nodirshoh qoʻrquvdan uygʻonib ketdi. U darhol chodiriga bir munajjimni chaqirdi va tushini taʼbir qilishni buyurdi. Keksa munajjim uni tinglab, qoʻli bilan uzun soqolini silab, goʻyo oʻyga choʻmgandek bir muddat jim turdi va Nodirshohning aql bovar qilmas va shafqatsiz feʼl-atvorini bilib, unga javob berdi: „Yerda sizning qilichingizdan begunoh toʻkilgan qonlar juda koʻp. Siz hatto yaqinlaringiz uchun ham shafqatsizsiz. Qolaversa, sizlar ulugʻ Amir Temurning mangu oromini buzdingiz. Uning ruhi sizni doimo taʼqib qiladi. Bu soʻzlari uchun Nodirshoh jallodni chaqirmoqchi boʻldi, lekin munajjim uning oʻylarini oldindan sezgandek: “Men allaqachon qariganman, oʻlimdan qoʻrqmayman. Meni qatl qilish bilan qalbingizdan gunohning ogʻir yukini olib tashlamaysiz". Bu gaplar hukmdorni fikridan qaytardi. Va u nima qilishni soʻradi. Munajjim javob berdi: „Ey ulugʻ shoh, Temur toshini joyiga qaytarishga buyruq bering. Bu sizning qalbingizdan katta gunohni ketkazadi“. Ketishdan oldin u qoʻshimcha qildi: "Yaqinlaringizdan ehtiyot boʻling". Koʻp oʻtmay tong otdi va chodirdagilar uygʻondi. Nodirshoh nefrit qabr toshini koʻzdan kechirib, Temurning ruhini tinchlantirish uchun fotiha oʻqidi va nefrit qabr toshini Samarqandga qaytarib olib, oʻz joyiga qoʻyishni buyurdi. Ikki soatdan soʻng qoʻshinlar janubga, Mashhadga qarab harakatlanishdi[5].
Nodirshoh 1747-yil iyun oyida, bu voqeadan olti yil oʻtib oʻldirildi. Bungacha unga bir necha bor suiqasd uyushtirilgan va shu sababli u haddan tashqari shubhalanadigan boʻlib qolgandi. U bularning barchasini Amir Temurning laʼnati va gʻazabi bilan bogʻlardi. Suiqasd urinishlarining birida Uning oʻgʻli Rizoquli koʻr boʻlib qoldi[6]. Uning oʻgʻlini koʻr qilishda ishtirok etgan 50 nafar zodagon qatl etildi va shu vaqtdan boshlab uzluksiz qatl qilish davri boshlandi. U eng sodiq xizmatkorlarini ham qatl qildi. Koʻplab begunoh odamlar qiynoqlar ostida oʻldi. Ular unga qarshi fitna uyushtira boshladilar. Nodirshoh tunda Xurosondagi chodirida oʻldirilgan. Qojar va Afshor qabilasi zodagonlari uning boshini Hirotga jiyani Aliqulixonga yuborishgan[7].
Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Tourkhan Gandjei, The Turkish inscription of Kalat-i Nadiri, Wiener Zeitschrift für die Kunde des Morgenlandes, Vol. 69 (1977), pp. 45-53
- ↑ Tadhkirat al-mulūk. A manual of Ṣafavid administration, circa 1137/1725. Persian text in facsimile-B.M. Or. 9496. Translated and explained by V. Minorsky, p. 164
- ↑ Xot i Nadir ostavalsya fakticheskim pravitelem Abivarda, doljnost namestnika bila vakantna s tex por kak Xasan Ali-xan bejal iz Xorasana.
- ↑ Lawrence Lockhart. Nadir Shah: A critical Study Based Mainly Upon Contemporary Sources.. — 1938. — S. 20.
- ↑ J. Hanway, „An Historical Account of the British Trade over the Caspian Sea with The Revolutions of Persia during the present century“, p. 420
- ↑ M. Axworthy, „Nader Shah and Persian Naval Expansion in the Persian Gulf, 1700—1747“, p. 37-38
- ↑ J. R. Perry. Karim Khan Zand. — S. 13.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nodirshoh Afshor. NEU, Tashkent, 2000-2005.
- La stratégie militaire, les campagnes et les batailles de Nâder Shâh — La Revue de Téhéran — Iran".
- Rokovaya alchnost Nodirshaxa
- Nadir-shax. Istoriya pravleniya