Sami Al-Jaber
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Sami Abdullah Al-Jaber | ||
Tavallud sanasi | 11-dekabr 1972-yil | ||
Tavallud joyi | Sanaa, Yaman | ||
Boʻyi | 1.77 m | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1986—1988 | Al Hilal | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1989—2007 | Al Hilal | 449 | (176) |
2000 | → Wolverhampton Wanderers (ijara) | 5 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
1992—2006 | Saudiya Arabistoni | 156 | (46) |
Boshqargan klublari | |||
2011—2012 | (yordamchi murabbiy) | ||
2012—2013 | (yordamchi murabbiy) | ||
2013—2014 | Al Hilal | ||
2015 | Al Wahda | ||
2016—2017 | Al Shabab | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Sami Abdullah Al-Jaber (talaffuzi: Somi Abdulloh al-Jobir) (arabcha: سامي الجابر) (1972-yil 11-dekabrda tugʻilgan) — sobiq professional futbolchi. Sami Al-Jaber hujumchi sifatida oʻynagan. Sami Al-Jaber butun faoliyatini „Al Hilal“ futbol klubida oʻtkazgan.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sami Al-Jaber 1989-yilda „Al Hilal“ futbol klubi safida ilk oʻyinini oʻtkazdi. Bundan soʻng, Sami Al-Jaber futbolchilik faoliyatining deyarli 20 yilini klubda o‘tkazdi. 2000-yilda Sami Al-Jaber „Wolverhampton Wanderers“ futbol klubiga safiga ijara shartnomasi asosida qoʻshildi[1]. Sami Al-Jaber u yerda besh oy ichida bor-yoʻgʻi beshta oʻyinda maydonga tushdi[2]. Klub maʼmuriyati Sami Al-Jaberning otasi ogʻir kasal boʻlib qolganini bilgach, unga Birlashgan Arab Amirliklarining „Al Ain“ futbol jamoasiga ijaraga oʻtishga ruxsat berishdi. Shu bilan Sami Al-Jaberning Angliyadagi faoliyati nihopyasiga yetdi[3]. Shunga qaramay, Sami Al-Jaber shu kungacha vatanidan tashqarida oʻynagan saudiyalik futbolchilardan biri boʻlib qolmoqda.
2008-yil 21-yanvarda Sami Al-Jaber „Al Hilal“ futbol kklubi safida Angliya Premyer-ligasi vakili „Manchester United“ futbol klubiga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Sami Al-Jaber klub safidagi soʻnggi oʻyinida mehmonlar ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozonish uchun penaltini aniq amalga oshirdi[4].
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1998-yil 27-may kuni Sami Al-Jaber Norvegiya milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida o‘zining terma jamoa safidagi 100-milliy o‘yinini o‘tkazdi. 25 yosh, toʻrt oy va 16 kunligida oʻtkazgan ushbu uchrashuvi Sami Al-Jaberni xalqaro maydonda 100 va undan ortiq xalqaro oʻyin oʻtkazgan eng yosh erkak futbolchiga aylantirdi[5].
Sami Al-Jaber terma jamoa safida 2000-yilgi Osiyo kubogi musobaqasida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan edi[6].
Menejerlik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sami Al-Jaber 2009-yilda, professional futboldan ketganidan bir yil oʻtib, „Al Hilal“ futbol klubiga yordamchi murabbiy etib tayinlandi. Sami Al-Jaber klub safida Erik Gerets, Gabriel Calderon va Thomas Doll kabi taniqli murabbiylar qoʻl ostida ishladi. 2012-yilda Sami Al-Jaber Liga 2 jamoasi „AJ Auxerre“ futbol klubining yordamchi murabbiyi boʻldi.
2013-yilning 27-mayida Sami Al-Jaber sobiq murabbiy Zlatko Dalić o‘rniga „Al Hilal“ futbol klubining bosh murabbiyi etib tayinlandi. Sami Al-Jaber 1999-yildan beri Khalil Ibrahim Al-Zayaniyning 14 yillik faoliyatidan so‘ng „Al Hilal“ futbol klubini boshqargan birinchi saudiyalik murabbiy bo‘ldi. Yangi faoliyatidagi birinchi mavsumdan soʻng, Sami Al-Jaber futbol boʻyicha murabbiylar dunyosi reytingida 19-oʻrinni egalladi. Shundan soʻng, 2014-yil 19-iyulda „Al Arabi“ futbol klubi Sami Al-Jaberni jamoaning texnik menejeri lavozimiga tayinlanganini eʼlon qildi.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Mintaqa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | ||
Al Hilal | 1988—1989 | Saudiya Professional ligasi | 11 | 2 | 3 | 1 | 0 | 0 | 14 | 3 |
1989—1990 | 20 | 16 | 7 | 1 | 0 | 0 | 27 | 17 | ||
1990—1991 | 21 | 14 | 6 | 3 | 6 | 3 | 33 | 20 | ||
1991—1992 | 13 | 6 | 9 | 3 | 0 | 0 | 22 | 9 | ||
1992—1993 | 21 | 19 | 5 | 2 | 0 | 0 | 27 | 21 | ||
1993—1994 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
1994—1995 | 12 | 2 | 13 | 8 | 0 | 0 | 25 | 10 | ||
1995—1996 | 19 | 4 | 11 | 0 | 0 | 0 | 30 | 4 | ||
1996—1997 | 13 | 2 | 9 | 3 | 10 | 5 | 31 | 10 | ||
1997—1998 | 15 | 2 | 8 | 6 | 9 | 6 | 32 | 14 | ||
1998—1999 | 19 | 7 | 11 | 6 | 5 | 2 | 35 | 15 | ||
1999—2000 | 19 | 6 | 9 | 5 | 4 | 0 | 32 | 11 | ||
2000—2001 | 13 | 1 | 6 | 2 | 5 | 2 | 24 | 5 | ||
2001—2002 | 17 | 3 | 2 | 0 | 6 | 4 | 25 | 7 | ||
2002—2003 | 15 | 2 | 8 | 2 | 2 | 0 | 25 | 4 | ||
2003—2004 | 13 | 3 | 2 | 0 | 4 | 1 | 19 | 3 | ||
2004—2005 | 16 | 11 | 10 | 8 | 0 | 0 | 26 | 19 | ||
2005—2006 | 6 | 0 | 4 | 2 | 3 | 0 | 13 | 2 | ||
2006—2007 | 5 | 1 | 3 | 2 | 0 | 0 | 8 | 3 | ||
Wolverhampton (ijara) | 2000—2001 | 4 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | |
Jami | 272 | 101 | 127 | 54 | 54 | 23 | 453 | 177 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Wollaston. „Who is Sami Al-Jaber? The former Wolves player eyed for Newcastle United role“ (en). BirminghamLive (2020-yil 30-aprel). Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
- ↑ Dixon. „AL-JABER COMPLETES LOAN SPELL“ (en). Sky Sports. Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
- ↑ Evans. „AL-JABER GIVEN UAE LOAN“ (en). Sky Sports. Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
- ↑ „Report: Al Hilal 3 United 2“. Manchester United FC (2008-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2009-yil 8-fevral.
- ↑ Bryant. „Football: The Knowledge - the fastest ever century of international caps“. The Guardian (2007-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
- ↑ Alosaimi, Najah. „'Sam 6' Regarded as Kingdom's Best“. Arab News (2008-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2009-yil 8-fevral.