Samo al-Mulk Husayn
Sharaf al-Maʼali Samo al-Mulk al-Husayn ibn al-Afdal Fotimiylar vaziri va sulton al-Afdal Shahanshohning oʻgʻli edi[1].
Husayn ikkinchi (1102) va uchinchi (1105) Ramla janglarida Quddus qirolligidagi salibchilarga qarshi jang qilgan Fotimiylar qoʻshiniga qoʻmondonlik qilgan. Ammo baʼzi chalkashliklar mavjud, chunki yilnomalarda har bir jang qoʻmondonlari turli ismlar bilan berilgan, 1102-yildagi jangda Sharaf al-Maʼali va 1105-yilgi jangda Samo al-Mulk qoʻmondon sifatida qayd etilgan. Bu holat baʼzi oʻrta asr va zamonaviy tarixchilar orasida al-Afdalning bir emas, bir nechta oʻgʻillari jangda ishtirok etganligi haqidagi notoʻgʻri taxminlarning yuzaga kelishiga sabab boʻlgan[2]. 1115-yilda kasalliklar sababli zaiflashib qolgan al-Afdal uni noibi va merosxoʻri etib tayinlaydi. Biroq, 1118-yilda amalga oshirilgan muvaffaqiyatsiz suiqasddan soʻng, al-Afdalning oʻgʻillari buning uchun javobgar deb gumon qilinadi va ulariga berilgan barcha imtiyozlar olib qoʻyiladi va shu bilan birgalikda sulolaning vorisligiga ham barham beriladi[1]. 1121-yil dekabrda al-Afdal oʻldirilgandan soʻng, uning voyaga yetgan oʻgʻillari oʻz izdoshlarini toʻplash va hokimiyatni qoʻlga olishlariga yoʻl qoʻymaslik uchun xalifa saroyida qoʻlga olingan va qamoqqa tashlangan. Xalifa al-Amir al-Afdalning bosh xizmatchisi va oʻsha davrdagi vazir sifatida oʻrinbosarlik qilib kelayotgan al-Maʼmun al-Batoyihiy koʻmagida hukumat nazoratini oʻz qoʻliga oladi[3]. Husaynning bundan keyingi taqdiri nomaʼlum, lekin u koʻpchilik akalari bilan birga yangi vazir tomonidan oʻldirilgan boʻlishi mumkin[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Halm 2014.
- ↑ Brett 2019.
- ↑ 3,0 3,1 Brett 2017.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Brett, Michael. The Fatimid Empire, The Edinburgh History of the Islamic Empires. Edinburgh: Edinburgh University Press, 2017. ISBN 978-0-7486-4076-8.
- Brett, Michael „The battles of Ramla, 1099–1105“, . The Fatimids and Egypt. London and New York: Taylor & Francis, 2019 — 207–228-bet. ISBN 978-1-138-35482-1.