Kontent qismiga oʻtish

Sanʼat saroyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sanʼat saroyi – Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kinokonsert zali (1964, meʼmorlari V. Berezin, S. Sutyagin, Yu. Xaldeyev, D. Shuvayev, Hamza nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti, 1964). Keng hajmli kinofilmlar namoyish qilish, ijtimoiy-siyosiy yigʻinlar oʻtkazish, konsertlar berish uchun muljallangan. Katta zali (1964, 2300 urinli), kichik zali (1976; 590 oʻrinli), qahvaxona, bar va bufet bor. Sanʼat saroyi konstruktivizm va funksionalizm uslubida qurilgan. Hyp va soyadan samarali foydalanilgan. Katta zal akustik asboblar bilan jihozlangan. Interyeri „Nasriddin afandi sarguzashtlari“ mavzuida koshinli namoyon, sopol lagan (rassom A. Gan va A. Kedrin), „Melodiya“ haykalli mujassamot (haykaltarosh Yu. Kiselev) bilan bezatilgan. Shiftidagi bezakli metall qandillar devordagi qandillar (meʼmor S. Sutyagin) yogʻoch va gʻisht bezaklar bilan oʻzaro uygʻunlashgan. 1978-yilda interyeri tula rekonstruksiya qilingan.