Sanʼatlar sintezi
Sanʼatlar sintezi - bir badiiy asar yoki yaxlit ansamblni yaratishda turli sanʼatlar va sanʼat asarlarining oʻzaro uzviy bogʻlanishi; insonning moddiy va maʼnaviy muhitini estetik jihatdan tuzishga xizmat kiladi. Sanʼatlar sintezi tushunchasi sifat jihatdan yangi badiiylik yaratishni nazarda tutadi. Seda har biri oʻzining cheklangan ifoda va tasviriy imkoniyatiga ega boʻlgan sanʼatlar birlashuvi natijasida ifodasi beqiyos yangi badiiy asar yuzaga keladi. Badiiy asar gʻoyasi, obraz va kompozitsion butunligi, makon va zamonni yaratishdagi umumiy ishtiroki, koʻlami, ritmidagi monandlik sanʼatda ularni idrok etishni kuchaytirib, sifat oʻzgarishlarini yuzaga keltiradi; badiiy gʻoyalar rivojiga koʻp planlilik, serqirralik baxsh etib, insonga har taraflama toʻla hissiy taʼsir koʻrsatadi. Teatr, kino va unga yakin fazoviy sanʼatlar tabiatan mujassamlashtiruvchi boʻlib, bular dramaturg (ssenariychi), aktyor, rejissyor, rassom, kinoda, shuningdek, operator ijodini birlashtiradi; musiqali teatrda dramatik sanʼat, vokal va cholgʻu asboblari musiqasi, xoreofafiya va hakozo bir butunlikda namoyon boʻladi. Rejissyorlik sanʼati badiiy teatr yoki kinematografiya asarlarini yangi butunlikka birlashtiradi.
Sanʼat tarixida sintezning xilmaxil turlari maʼlum. Tasviriy sanʼat, amalip sanʼat asarlari va meʼmorlik hamisha oʻzaro bogʻlanishga, birlashishga moyshshir. Bunda rang-tasvir, haykaltaroshlik asarlari oʻz vazifasini bajarish bilan birga meʼmoriy obrazni boyitadi. Bu nafis uygʻunlikda, odatda, amaliy bezak sanʼati, dastgoh sanʼati asarlari (kartina, haykalcha va sh.k.) ishtirok etadi. Sintez sanʼat turlari (mas, kinoda — xronika, reportaj va hakozo usullarni badiiy filmda qoʻllash) va sanʼatlararo (mas, teatr voqealariga kinematografiya tasvirini kiritish) turli darajada amalga oshiriladi. Seda ishtirok etayotgan sanʼatlar orasidagi muvozanat turlicha boʻladi, sanʼatning biriga aloqador boʻlgan sifat ham (mas, klassitsizmda nafis sanʼatlarning mutanosibligi, yunon sanʼatidagi "nafislik", barokko sanʼatidagi "tasviriylik" va boshqalar) umumiy ahamiyat kasb etadi. Sanʼatning bir turi qolganlarini oʻziga boʻysundirib (mas, Qad. Misr meʼmorligi haykaltaroshlik va rang-tasvirni) toʻliq hukmronlik qilishi nazarda tutiladi. Rassom (haykaltarosh)ning gʻoyasi tufayli sanʼat turlari oʻzaro chatishib ketishi birbirini toʻldirishi va birbiriga keskin qaramaqarshi qoʻyilishi mumkin.
Ibtidoiy jamoa tuzumida sanʼatlar turlarga boʻlinmagan, qorishiq holda boʻlib, inson faoliyati va uning marosimlari bilan bevosita qoʻshilib ketgan. Sanʼatlar oʻz xususiyatlari va oʻziga xosligini namoyon etib boʻlina boshlaganda teskari jarayon — ularning sinteziga intilish yuzaga keldi. Qad. Sharq madaniyatidan boshlab ibodatxona diniy marosimlari bilan yagona gʻoyaga boʻysundirilgan meʼmoriy elementlar, tasviriy va amaliy bezak sanʼati, ogʻzaki va yozma ijodiyot, shuningdek, marosim harakatlari Sanʼatlar sintezining dastlabki koʻrinishlari sifatida maydonga chikdi. Mahobatli Misr ehromlari meʼmoriy unsurlarning ramziy koʻrinishlariga yunon madaniyati insonning yuksakligini ifodalovchi meʼmorlik va haykaltaroshlikning uygʻun holdagi birikuvini qaramaqarshi qoʻydi. Uygʻonish davrida sanʼatning boʻlinishi yuzaga keddi; sintezning har bir sanʼatning oʻz mustaqilligiga asoslangan yangi shakllari paydo boʻldi. Uygʻonish davri ustalari (Bramante, Rafael, Mikelanjelo va boshqalar) ijodida sanʼatning yaxlit, uygʻunlashgan ansamblga birikishining umumiy qoidalari alohida toʻlaqonli ishlab chiqildi. 20-asr Cera oid muhim ishlar ilgʻor ijtimoiy va inqilobiy harakatlar taʼsirida (D. Rivera, D. Sikeyros, X. Orosko va boshqalar) jamoat qurilishlari, meʼmoriy inshootlar va koʻrgazmalar majmualari yaratilishi, shuningdek, maʼlum gʻoyalarga yoʻnaltirilgan bayramlar, xalq yurishlari, festivallar va hakozoni bezash bilan bogʻliq.
Sharkda (Qad. Hindiston, Xitoy), jumladan, Oʻrta Osiyoda qadimdan yaratilgan ibodatxona, saroylar, butun bir shaharlar — Xolchayon, Varaxsha, Tuproqqalʼa, Afrosiyob saroylari S.yening xilmaxilligini koʻrsatadi. Navoiy teatri, Muqimiy teatri, Toshkent metropoliteni bekatlari, Xalqlar doʻstligi saroyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Buxoriy yodgorlik majmui va boshqa binolar chinakam xalq sanʼatining ajoyib uygʻunlashgan sanʼat namunasidir.
Abdulhay Umarov[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |