Kontent qismiga oʻtish

San-sebastyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

San-sebastyan — Ispaniyadagi shahar. Basklar mamlakati muxtor viloyatida. Gipuskoa provinsiyasining maʼmuriy markazi. Biskay qoʻltigʻi sohasidagi port. Aholisi 178,2 ming kishi (1998). Metallsozlik va mashinasozlik rivojlangan. Oziqovqat, kimyo sanoati korxonalari bor. Dengiz iqlim kurorti. Turizm rivojlangan. Xalqaro kinofestivallar oʻtkaziladi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil