San Lorenzo, Paraguay
San Lorenzo — Paragvay davlatining Markaziy Hukumatida joylashgan, 3-eng zich aholi (252,561 ta odam) joylashgan shaharlaridan biri. Asunsion Milliy universiteti oʻquv binosi San-Lorenzoda joylashgani uchun baʼzan „Ciudad Universitaria“ (Universitet shahri) deb ham atashadi. Bundan tashqari, San-Lorenzo Rim-katolik yeparxiyasining qarorgohidir.
Joylashgan oʻrni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Joylashgan oʻrni San-Lorenzo Paragvayning markaziy hukumatida, poytaxtdan taxminan 9 km uzoqlikda joylashgan. Bu Gran Asuncionning bir qismidir. U shimolda Luke, janubda Ñembi, gʻarbda Fernando de la Mora va sharqda Kapiata shaharlari bilan chegaradosh.
- Balandligi: 126 metr.
- Kenglik: 25° 19' 59" S
- Uzunlik: 57° 31' 59" W
Köppen iqlim dasturining kuzatishiga qaraganda, San-Lorenzo nam subtropik iqlimga : yozi issiq, bahor va kuzi iliq, qishi uncha sovuq boʻlmagan boʻladi. Yillik oʻrtacha harorat 30 daraja °C. Iyul eng sovuq, yanvar eng issiq hisoblanadi. Yogʻingarchilik yil davomida koʻp yuz beradi; faqat iyun va iyul oylari deyarli quruq, qolgan oylar esa yomgʻirli.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Markaziy hukumatning taʼlimi, iqtisodi va moliyasi uchun eng muhim shahardir.Asosiy iqtisodiy faoliyat savdo va ishlab chiqarishdan iborat. Shaharning odam eg gavjum joylarida elektronik qurilmalar doʻkonlari, maishiy texnika doʻkonlari, supermarketlar, koʻchmas mulk doʻkonlarini kuzatish mumkin. Oziq-ovqat bozori ham mamlakatdagi eng yirik bozorlardan biri boʻlib, yaxshi arxitektura va mamlakatdagi eng katta harakatga ega. Markaziy banklar, moliya kompaniyalari va kooperativlar asosiy yoʻllar boʻyida va atrofida joylashgan.[1]
Sport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahardagi eng mashhur sport turi bu Paragvayning qolgan shaharlari kabi futboldir. Shaharning asosiy jamoasi hozirda Primera divizionida oʻynaydigan Club Sportivo San Lorenso hisoblanadi.
Shaharning mashhur insonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Clementino Ocampos (1913-2001), bastakor
- Rudy Torga (1938-2002), aktyor
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Historia – Gobierno Departamento Central“. Gobierno Departamento Central. 2014-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-noyabr.
Andoza:Districts in the Central Department
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |