Kontent qismiga oʻtish

Sandakan jome masjidi

Koordinatalari: 5°50′28.69″N 118°7′5.87″E / 5.8413028°N 118.1182972°E / 5.8413028; 118.1182972
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Sandakan jome masjidi
malaycha: Masjid Jamek Sandakan
Sandakan Jamek masjidi
Mamlakat  Malayziya
Sabah shtati Sandakan shahri
Koordinatalar 5°50′28.69″N 118°7′5.87″E / 5.8413028°N 118.1182972°E / 5.8413028; 118.1182972
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Binokorlik sanasi 1890 yil

Sandakan jome masjidi (malaycha: Masjid Jamek Sandakan) yoki Masjid Jamek Sheik Hasabollah At-Tohiri nomi bilan ham tanilgan masjid Malayziyaning Sabah shtati Sandakan shahrida joylashgan. 1890-yilda ochilgan ushbu bino Sandakandagi eng qadimgi masjidlardan biri hisoblanadi[1].

Masjid 1890-yilda hindistonlik musulmon mato savdogari Damsah tomonidan ochib berilgan. Ikkinchi jahon urushi paytida shahar musulmonlari masjiddan yaponlardan himoyalanish maqsadida boshpana sifatida foydalangan. Yaponiya harbiylarining fikricha, Sandakan jome masjidi Britaniya askarlari uchun yashirin joy vazifasini oʻtagan boʻlishi mumkin, shu sababli ham masjid urush paytida yaponlar tomonidan bir necha marta oʻqqa tutilgan[2].

  1. Tamara Thiessen. Borneo: Sabah - Brunei - Sarawak. Bradt Travel Guides, 2012 — 217–-bet. ISBN 978-1-84162-390-0. 
  2. „‘Sandakan Heritage Trails’“. Borneo Sandakan Tours. 2016-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-oktyabr.