Kontent qismiga oʻtish

Sandford Fleming

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sandford Fleming
Tavalludi 7-yanvar 1827
Vafoti 22-iyul 1915
Istiqomat joylari Kanada
Fuqaroligi Kanada va United Kingdom of Great Britain and Ireland
Sohasi Geodez
Turmush oʻrtogʻi Anna Xoll

Ser Sandford Fleming (1827-yil 7-yanvar1915-yil 22-iyul) — shotlandiyalik va kanadalik muhandis va ixtirochi. Shotlandiyada tugʻilib oʻsgan, 18 yoshida mustamlaka davlat boʻlgan Kanadaga koʻchib oʻtadi. U butun dunyo boʻylab standart vaqt zonalarini, asosiy meridianni va 24 soatlik vaqt tizimidandan aniq vaqtni bildirishning asosiy elementi sifatida foydalanishni targʻib qildi, bularning barchasi Muvofiqlashtirilgan Umumjahon vaqtini ishlab chiqilishiga taʼsir koʻrsatdi[1]. Kanadaning birinchi pochta markasini ishlab chiqdi, yerni oʻrganish va xaritalar tuzish sohasida katta ishlarni amalga oshirdi, koloniyalararo temir yoʻlning koʻp qismini va Kanada Tinch okeani temir yoʻlining dastlabki bir necha yuz kilometrlarini ishlab chiqdi va Kanada Qirollik jamiyatining asoschi-aʼzosi va Kanada instituti (Torontodagi ilmiy tashkilot) asoschisi boʻldi.

Ser Sanford Flemingning Brunsvik koʻchasidagi uyi (1866–1871), Galifaks, Yangi Shotlandiya

1827-yilda Fleming Shotlandiyaning Kirkkaldi shahrida[2] Endryu va Elizabet Fleming oilasida tugʻilgan. 14 yoshida u geodez olimga shogird tushdi va 1845-yilda[3] 18 yoshida akasi Devid bilan mustamlaka boʻlgan Kanadaga koʻchib ketdi. Kanadaning Kvebek Siti, Monreal va Kingstondan shaharlarida boʻlib,1847-yilda amakivachchalari bilan Peterboroga joylashdi. 1849-yilda Kanadada geodez malakasiga ega boʻldi.[4]

1849-yilda bir nechta doʻstlari bilan Kanada Qirollik institutiga asos solishadi va 1851-yil 4-noyabrda institut rasmiy ravishda tashkil etiladi. Institut dastlab geodeziyachilar va muhandislar uchun professional institut sifatida tashkil qilingan boʻlsa, keyinchalik u umumiy ilmiy jamiyatga aylandi. Fleming 1851-yilda Kanada provinsiyasi (bugungi Ontario va Kvebekning janubiy qismlari) uchun Kanadaning birinchi pochta markasi boʻlgan Beaverni ishlab chiqdi. U asosan, Grand Trunk Railway kompaniyasida geodez sifatida ishlagan. 1855-yilda Kanadaning Shimoliy temir yoʻl kompaniyasining bosh muhandisi lavozimini egalladi. Temir yoʻl koʻpriklarini qurishda xavfsizlik nuqtai nazaridan yogʻoch oʻrniga temir koʻpriklar qurishni taklif qildi.

Fleming Kanadaning 10-koʻngilli motooʻqchilar batalyonida (keyinchalik Kanada Qirollik polki deb nomlanadi) xizmat qilgan va 1862-yil 1-yanvarda kapitan unvoniga tayinlangan. 1865-yilda militsiyadan nafaqaga chiqdi. 

Temir yoʻl muhandisi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning Shimoliy temir yoʻlida ishlagan paytida meʼmor Frederik Uilyam Kamberlend bilan ziddiyat yuzaga kelishi bilan yodda qoladi. Ular birga Kanada institutini ochishgan edi. 1852-yilda Fleming muhandis yordamchisi sifatida ish boshlaydi. 1855-yilda Temir yoʻl boshligi boʻlgan Kamberlendning oʻrnini egalladi, lekin oʻz navbatida 1862-yilda Kamberlend yana ushbu lavozimga qaytadi. 1863-yilda Yangi Shotlandiya hukumatining bosh geodezi boʻldi. Bu vaqtda Yangi Shotlandiya hukumatiga Trurodan Piktougacha boʻlgan liniyani qurish vazifasi yuklatiladi. Fleming tenderda pudratchilar tomonidan berilgan narxlarni juda yuqori deb hisoblab, ularni qabul qilmaydi. Shunda undan ushbu ishda oʻzi taklif berishini soʻrashadi. 1867-yilga kelib u hukumat mablagʻini tejab va oʻzi uchun ham foyda bilan chiqqan temir yoʻl liniyasini qurib tugatadi.[5] 1862-yilda u hukumatga Atlantika va Tinch okeanlarini bog'laydigan transkontinental temir yoʻl rejasini taqdim etdi.[6]

Sandford Fleming (eng baland shlyapa kiyib olgan) Kanada Tinch okeani temir yoʻlidagi soʻnggi relsni qotirish marosimida.

Galifaks va Kvebek oʻrtasidagi birinchi qism Nyu-Brunsvik va Yangi Shotlandiyani oʻzaro bogʻlovchi yoʻl Amerika fuqarolik urushi tufayli Meyn orqali sayohat qilishning noaniqligi tufayli Kanada Federatsiyasiga qoʻshilish uchun dastlabki shartlarning muhim qismiga aylandi. 1867-yilda u federal loyihaga aylangan Koloniyalararo temir yoʻlning bosh muhandisi etib tayinlandi va bu lavozimda 1876-yilgacha ishladi. Uning yogʻoch oʻrniga temir va toshdan foydalanib koʻprik qurishni talabi oʻsha paytda munozaralarga sabab boʻlgan boʻlsada, ammo tez orada ushbu materiallarning olovga chidamliligi tufayli tasdiqlandi.[7]

1871-yilga kelib, Britaniya Kolumbiyasini federatsiyaga kiritish uchun temir yoʻl aloqasi strategiyasidan foydalanildi va Flemingga Kanada Tinch okeani temir yoʻlida bosh muhandis lavozimi taklif qilindi. U ishi koʻpligi sababli ikkilangan boʻlsada, 1872-yilda u kichik bir guruh bilan yõlga chiqadi va ushbu yoʻnalishni, xususan, qoyali togʻlari hamda Yellowhead dovoni orqali oʻtuvchi amalda foydalanish mumkin boʻlgan yoʻlni topdi. Uning hamrohlaridan biri Jorj Monro Grant ushbu sayohat haqida hisobot yozgan va u best-sellerga aylangan.[8] 1880-yil iyun oyida Fleming ser Charlz Tupper tomonidan 30 000 dollar toʻlash bilan ishdan boʻshatildi.[9] Bu Fleming hayotidagi eng ogʻir zarba boʻldi. Shunday boʻlsa-da, 1884-yilda u Kanada Tinch okeani temir yoʻlining direktori boʻldi.

Standart vaqt ixtirochisi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Haqiqiy vaqt meridianlarini qabul qilinishiga sabab boʻlgan ilk urunishlar“ Fleming xissasiga toʻgʻri keladi.[10] 1876-yilda Fleming oʻzining Irlandiya boʻylab sayohati davomida poyezdga kech qoladi. Buning sababi poyezd qatnovlar jadvalidagi soatlarning kunduzgi va kechki soatlar bir xil koʻrinishda yozilishi edi. Shundan soʻng u butun dunyo boʻylab amal qiluvchi 24-soatlik vaqt tizimini joriy qilishni taklif qiladi. Keyinchalik u bu tizimni «Kosmik vaqt» deb nomladi[11]. 1876-yilda «Yer vaqti» nomli memuarini yozadi. Unda 24-soatlik vaqt zonalarini taklif qiladi. Zonalar alifbo boʻyicha A dan Y gacha (J dan tashqari) belgilanib, tabiiy ravishda G harfi bilan belgilangan Grinvichga bogʻlangan edi.

Har bir zonadagi vaqt boshqa zonadagi vaqt bilan bir xil oʻrnatilgan boʻlib, zonalarni ajratishda harflardan foydalaniladi. Masalan, G:45 vaqti bir zonada 14:45 boʻlsa, keyingi zonada 15:45 boʻladi[12][13].

1879-yil 8-fevralda Torontadagi Kanada instituti yigʻilishida taqdim etgan «Vaqtni aniqlash» va «Uzunlik va vaqtni aniqlash» nomli ikki maqolasini taqdim etdi. Unda oʻzining tizimini Grinvich antimeridiani (180-meridian) bilan bogʻlashni koʻrib chiqiladi[14][15]. U Grinvichni nolinchi meridian sifatida belgilashni taklif qildi. Uning ushbu ikki ishi shuqadar muhim deb topilib, britaniya hukumati 1879-yil iyunda ushbu ishlar nusxasini 18 ta davlatga va Angliya ilmiy tashkilotlariga yubordi.

Fleming nevaralari bilan 1893-yilda

1845-yilda Ontario shtatining Peterboro shahriga kelishi bilan Fleming oʻzining boʻlajak rafiqasi Xolls oilasi bilan doʻstona munosabatda boʻldi va Anna Jeyn Xoll bilan tanishdi. Biroq, oradan qariyb oʻn yil oʻtib, Fleming chanada halokatga uchraganidan soʻnggina ikki yoshning bir-biriga boʻlgan muhabbati oshkor boʻldi. Ushbu voqeadan bir yil oʻtgach, 1855-yil yanvar oyida Sandford Sherif Jeyms Xollning qizi Anna Jeyn Xollga uylandi. Ular toʻqqiz farzandi koʻrishdi, lekin ulardan ikkitasi yoshlik chogʻida vafot etdi. Katta oʻgʻli Frenk Endryu 1872-yilgi buyuk Gʻarbiy ekspeditsiyada Flemingga hamrohlik qildi. U oʻz xotini va bolalariga qattiq bogʻlangan edi.

1888-yilda rafiqasi Anna vafotidan soʻng, Flemingning jiyani Miss Elsi Smit, (Shotlandiyaning Kingussie shahridan boʻlgan Aleksandr va Lili Smitning qizi) "Winterholme" (213 Chapel koʻchasi, Ottava, Ontario) nomli uyiga qarab turdi.[16]

Flrmingga bagʻishlangan plakat. Urush xotiralar bogʻi. Kirkkaldiy, Shotlandiya[17]

Fleming 1950-yilda Milliy tarixiy joylar va yodgorliklar kengashining tavsiyasiga koʻra Milliy tarixiy shaxs etib belgilangan. 2017-yil 7-yanvarda Google Sandford Flemingning 190 yilligini Google Doodle bilan nishonladi.[18]

Kanada kutubxonasi va arxivlarida Sandford Fleming fondi mavjud.[19] Arxiv maʼlumotnoma raqami — R7666

  1. Creet, Mario (1990). „Sandford Fleming and Universal Time“. Scientia Canadensis: Canadian Journal of the History of Science, Technology and Medicine. 14-jild, № 1–2. 66–89-bet. doi:10.7202/800302ar.
  2. „Life at full speed: Artist, scientist and inventor“. sandfordfleming.ca. Canadian Railway Museum. 7-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-yanvar 2017-yil.
  3. „Life at full speed: The apprentice“. sandfordfleming.ca. Canadian Railway Museum. 7-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-yanvar 2017-yil.
  4. „Life at full speed: Finding a first job“. sandfordfleming.ca. Canadian Railway Museum. 7-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-yanvar 2017-yil.
  5. Grant, W. L. (2005) [2004], Fleming, Sandford, 33171
  6. Lua xatosi in Modul:Manba/MU1/Date_validation at line 1070: attempt to index field '?' (a nil value).
  7. Lua xatosi in Modul:Manba/MU1/Date_validation at line 1070: attempt to index field '?' (a nil value).
  8. Lua xatosi in Modul:Manba/MU1/Date_validation at line 1070: attempt to index field '?' (a nil value).
  9. Buckner, Phillip, TUPPER, Sir CHARLES, 14-jild, qaraldi: 17-sentabr 2015-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  10. „History & info – Standard time began with the railroads“. www.webexhibits.org. 2019-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
  11. Fleming, Sandford. Universal or cosmic time. Toronto : Council of the Canadian Institute, 1885. ISBN 978-0-665-61008-0. 
  12. Fleming, Sandford. Terrestrial time: a memoir, 1876. ISBN 9780665061127. 
  13. Bartky, Ian. One Time Fits All: The Campaigns for Global Uniformity. Stanford, California: Stanford University Press, 2007 — 54–55-bet. ISBN 9780804756426. 
  14. Fleming, Sandford. Papers on time-reckoning and the selection of a prime meridian to be common to all nations: transmitted to the British government by His Excellency the Governor-General of Canada. Toronto, 1879. ISBN 9780665031359. 
  15. Fleming, Sandford (1886). „Time-reckoning for the twentieth century“. Annual Report of the Board of Regents of the Smithsonian Institution. № 1. 345–366-bet. Reprinted in 1889: Andoza:Internet Archive.
  16. Types of Canadian Women and of Women who are or have been Connected with Canada. Toronto: Williams Briggs, 1903 — 320-bet. 
  17. Sir Sandford Fleming 1827–1915 (Wayback Machine saytida 8-yanvar 2017-yil sanasida arxivlangan), historical marker from OntarioPlaques.com, 2009
  18. „Sandford Fleming's 190th Birthday“. 15-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-yanvar.
  19. „Finding aid to Sandford Fleming fonds, Library and Archives Canada“.