Sandiq
Sandiq — roʻzgʻor buyumi; ichida uy anjomlari, kiyimkechak, zebziynat buyumlari va boshqa saqlanadi. Asosan, yogʻochdan, shuningdek, temir va boshqalardan ham tayyorlanadi. Shakli toʻrtburchak, usti qopqoqli boʻlib, zulfin hamda ushlab koʻtarish uchun ikki yoniga halqa oʻrnatiladi, yerdan koʻtarilib turishi uchun osti (4 burchagi)ga poya qoqiladi. S.ning old, orqa va ostki taxtalari birbiriga qoʻshib mixlanadi, yuzasi pardozlanadi, burchaklari jilvir bilan sillik,lanadi, soʻng old tomoni (beti)ga guli chizib olinadi, shu chiziqlarga tunuka oʻlchab qoqiladi, soʻngra har xil ranglarda boʻyaladi, hoshiyalariga chakich chekib gullar ham tushiriladi. Qoʻchqorak, shash, nayzali, bodomcha va boshqa naqsh mujassamotli S. amaliy sanʼatning yuksak namunasi hisoblanadi. Qadimda hayvon terisidan, yogʻoch oʻymakorligi, naqqoshlik va boʻyama tunuka bilan krplab bezatilgan yogʻoch S.lar ham tayyorlangan. Oʻrta Osiyoning Buxoro, Xorazm va boshqa shaharlaridagi bozorlarda maxsus sandiqsozlik rastalari boʻlib, ularda S.ning turli namunalari yasalib sotilgan.
S.ning kichik hajmli turi quti deb ataladi. Hozirda yogʻochdan mebel — S. ham tayyorlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |