Kontent qismiga oʻtish

Sang

Koordinatalari: 40°51′43″N 71°11′19″E / 40.86194°N 71.18861°E / 40.86194; 71.18861
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sang
ruscha: Санг
Shaharcha
40°51′43″N 71°11′19″E / 40.86194°N 71.18861°E / 40.86194; 71.18861
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Namangan viloyati
tuman Pop tumani
Asos solingan Miloddan avvalgi 2 – ming yillikda
Avvalgi nomlari zang
Maydon 3,000 km2 (1,200 kv mi)
Iqlim turi yozi oʻrta issiq, qishi oʻrta sovuq
Rasmiy til(lar)i oʻzbek
Milliy tarkib oʻzbeklar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Pochta indeks(lar)i 160512
Avtomobil kodi +50
Sang ruscha: Санг xaritada
Sang ruscha: Санг
Sang
ruscha: Санг

Sang (ruscha: Санг) – Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Pop tumaniga qarashli shaharcha. Ushbu hududdan Sirdaryo oqib oʻtadi. Undan tashqari qadimda buyuk ipak yoʻlining bir qismi shu yerdan oʻtgan. Tarix manbalarada yozilishicha Zahiriddin Muhammad Bobur ushbu hududga Sang (Zang, zarang yaʼni „Tosh“) nomini berib ketgan.

Sang – qishlok azaldan „Ming uyli Sang“ deb atalib kelgan. Sang qishlogini atalishi bi­lan bogʻliq bir nechta rivoyatlar mavjud. Birinchisi 715 yilda Fargʻona vodiysiga kirib kel­gan Muxammad Jarirning nabirasi Shox Fozil boshchiligidagi qushin bilan maxalliy aholi orasida qattiq jang boʻlgan. Ushbu jangda xalok bulganlar Sangdagi „Langar Aziz buva“ mozoriga dafn qilingan. Sangdagi xozirgi xammom oʻrniga kadar bulgan joylar asli shaxidlar qabristoni boʻlgan. Jangda xalok boʻlganlardan Shayxulislom

Xoʻja Abdulloh Ansoriy va Xoʻja Ibodulloh Alamdoriylarning kabrini kavlash vaqtida yerining kattikligi bilinadi. Shu bois, bu yer „sang zarang“, „toshdek kattik“ deb atashgan ekan. Ik­kinchi rivoyatga kura Muxammad Jarir va onasi Bibi Ubayda bilan birgalikda shu qishloqda oʻtib ketayotgan vaktida qishloq axlidan suvsab suv suraganlar. Daryodan kiynalib olib chikkan suvlarini bermagan qishlok axlini „toshdan ham

qattiq“ ekan deb aytishgan. Arablar bu joyni „Zang“ deb atashgan. Shuningdek, „zang“ bilan, tupik, belga boglangan qoʻngʻiroqlarga jur boʻlib oʻynaladigan raqs turi xam bor. „Zangula“ soʻzi fors tilida „qungʻiroq“ maʼnosini bildiradi. Yana „zang“ soʻzi qoʻngʻir tuproq, boy, qattiq, kat­ta xam tosh kabi maʼnolari bor. Qishloqning joylashgan oʻrni xam atrofi Sirdaryo, Gʻovasoy, Rezaksoy kabi soylar bilan oʻralib, daryo va soylar uzuk qishloq esa unga quyilgan kuzli toshga uxshaydi. Arablar masofa ulchovi xam „tosh“, yaʼni sang maʼnosi xam bor. „Boburnoma“da xam Sang kishlogi esga olingan.

Rivoyatlarga koʻra, aka-uka Xoʻja Abdulloh Ansoriy va Xoʻja Ibodulloh Alamdoriy Arabistondan kelib, 7-asr oxiri va 8-asr boshlarida islom dinini mintaqaga targʻib qilish bilan shugʻullangan. Aka-uka avliyolar qabri 714 yilga oid. Asrlar davomida ziyoratgoh sifatida shakllanilib, ikkita alohida maqbara holatiga keltirilgan. Xoʻja Abdulloh Ansoriy oʻz davrida shayxulislom maqomini olgan. Bu yer mahalliy aholi tilida Langar ota ziyoratgohi deb yuritiladi.

1937-yilda dinga qarshi kurash avjga chiqqan paytlarda maqbara buzib tashlanadi. 1967-yilda aholi tomonidan qayta tiklanadi. Ayni paytda maqbara taʼmirga muhtoj holatda. Bu esa tuman mutasaddilari va sektor rahbarlari eʼtiboridan chetda qolayotganini anglatadi.

Mahalla faxriylaridan Botirjon Nurmatovning aytishicha, unga ota-bobolaridan oʻtib kelayotgan Langar ota ziyoratgohidan topilgan qadim qoʻlyozmalar saqlanib kelayotgan ekan[1].