Kontent qismiga oʻtish

Sangardak (qishloq)

Koordinatalari: 38°25′0″N 67°57′0″E / 38.41667°N 67.95000°E / 38.41667; 67.95000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sangardak
qishloq
38°25′0″N 67°57′0″E / 38.41667°N 67.95000°E / 38.41667; 67.95000
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Surxondaryo viloyati
tuman Sariosiyo tumani
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Avtomobil kodi 75
Sangardak xaritada
Sangardak
Sangardak

Sangardak — Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan qishloq. Qishloq Denov shahridan 30 kilometr va viloyat markazi boʻlgan Termiz shahridan 205 kilometr uzoqlikda joylashgan[1]. Qishloq asosan togʻli hududdan iborat. Tuman hududi boʻylab Hisor togʻ tizmasi choʻzilgan boʻlib, undan Surxondaryo, Toʻpalangdaryo, Obizarang va boshqa togʻ daryolari oqib tushadi. Koʻpchilikka mashhur boʻlgan Sangardak sharsharasi ushbu qishloqda joylashgan[2]. Ushbu sharshara yer sathidan 120 metr balandlikdagi togʻ qoyasidan otilib tushadi[3].


  1. „Sangardak sharsharasi“. uzbekistan.travel. Qaraldi: 1-iyul 2023-yil.
  2. „So‘lim go‘sha Sangardak yozning so‘nggi kunlarida - fotogalereya“. Kun.uz. Qaraldi: 1-iyul 2023-yil.
  3. „Sangardakdan fotoreportaj“. UZA.uz. Qaraldi: 1-iyul 2023-yil.