Saniya Fayzulina
Fayzulina Saniya Hanafiyevna Файзулина Сания Ханафиевна | |
---|---|
Tavalludi |
28-iyun 1929-yil Astraxan shahri |
Vafoti |
nomaʼlum |
Istiqomat joylari | Toshkent |
Fuqaroligi | O'zbekiston SSR |
Sohasi | sharqshunos, pedagok |
Institutlar | Oʻrta Osiyo davlat universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat jahon tillari instituti |
Ilmiy unvoni | pedagogika fanlari doktori, professor |
Mukofotlari | "SSSR xalq talimı a'lochisi" koʻkrak nishoni |
Saniya Hanafiyevna Fazyzulina - (ruscha: Файзулина Сания Ханафиевна) sharqshunos olima, pedagogika fanlari doktori, professor.[1]
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1929-yil 28-iyunda Astraxan shahri da tug’ilgan. 1946-yilda O’rta Osiyo universitetining sharq fakultetiga o’qishga kiradi. 1951-yilda fakultetning eron-afg’on bo’limini tugatib, o’z fakultetida ishga qoladi. 1950—1961-yillarda o’rta maktabda o’qituvchi, ilmiy mudir lavozimlarida ishlaydi.
S.H.Fayzulina 1961-yilda Pedagogika fanlari ilmiy tekshirish instituti aspiranturasiga o’qishga kiradi. Aspiranturadan so’ng institutda katta ilmiy xodim lavozimida faoliyatini davom ettiradi.
1967-yilda olima Toshkent davlat chet tillari instituti (hozirgi O’zbekiston jahon tillari universiteti) ga ishga o’tib, umrining oxiriga qadar mazkur universitetning pedagogika kaffedrasida katta o’qituvchi, 1970-yilda dotsent, 1971-yilda sirtqi fakultet dekani, 1978-yilda kafedraning katta ilmiy xodimi va nixoyat 1987-yilda kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritadi. Olima ancha yillar doktorlik va nomzodlik ilmiy darajasini berish bo’yihcha ixtisoslashgan ilmiy kengashning a’zosi boʻlgan.[2]
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1966-yil SSSR Pedagogika fanlarii akademiyasinning akademigi, professor S.Rajabov rahbarligida nomzodlik dessertatsiyasini yozib, O’zbekiston O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tekshirish instituti ilmiy kengashida “Эстетическое воспитание учащихся узбекских школ в процессе изучения русской литературы ” degan mavzuda nomzodlik dessertatsiyasini himoyadi.
Olima 1989-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining ilmiy kengashida “Становление и развитие системы эстетического воспитана школьников Узбекистана (1917 - 1980 гг.)” nomlı mavzuda doktorlık dessertatsıyasını yoqlagan, 1991-yılda esa olımaga pedagogıka va psıxologıya kafedrasınıng professorı ilmiy unvoni berilgan. Olima rahbarligida bitta 1 ta doktorlik va 8 ta nomzodllik dessertatsiyalari himoyadan o’tgan. Olimaning 80 dan ortiq maqolalar, risolalar va monoografiyalari nashr qilgan. S.H.Fayzulina oʻzining ilmiy faoliyati uchun „SSSR xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan mukofotlangandir[2]
Ilmiy asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Выразительно чтение как средство эстетического воспитания школьников." (Учебное пособие), Т., 1968.
"Эстетическое воспитание студенческой молодёжи". Т., 1978.
"Эстетическое воспитание учащихся молодёжи". Т., 1978.
“Становление и развитие системы эстетического воспитана школьников Узбекистана “. Т., 1984.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://cat.libnvkz.ru/CGI/irbis64r_14/cgiirbis_64.exe?LNG=&I21DBN=ANL20&P21DBN=ANL20&S21STN=1&S21REF=5&S21FMT=fullwebr&C21COM=S&S21CNR=10&S21P01=0&S21P02=0&S21P03=I=&S21STR=%2F%D0%A4%2017%2D164853
- ↑ 2,0 2,1 O'zbekiston Sharqshunoslari, Malik Abdusamatov, bibliografik ocherk, Qomuslar bosh tahririyati, Toshkent - 1996, 144-145-betlar.