Kontent qismiga oʻtish

Sank-Peterburg Sobor masjidi

Koordinatalari: 59°57′19″N 30°19′26″E / 59.95528°N 30.32389°E / 59.95528; 30.32389
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Sank-Peterburg Sobor masjidi
Санкт-Петербургская соборная мечеть
Mamlakat  Rossiya
Manzil Kronverkskiy prospekt, 7
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Loyiha muallifi N. V. Vasilyev, S. S. Krichinskiy
Binokorlik tashabbuschisi Sobor masjidi qurilishi qoʻmitasi
Homiylar Buxoro Amiri Sayyid Abdulahadxon, Tatar va Ozarbayjon tadbirkorlari(Gadji Zeynalabdin Tagiyev, Murtuza Muxtarov va boshqalar). Sank-Peterburg musulmonlar xayriya jamiyati
Binokorlik 19091920
Asosiy sana:
1913
Oʻlchami 45x32
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Gumbaz balandligi 39
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2
Minoralar balandligi 48
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Madrasa

59°57′19″N 30°19′26″E / 59.95528°N 30.32389°E / 59.95528; 30.32389


Sankt-Peterburg Sobor masjidi – Sankt-Peterburgdagi islom diniy binosi. Bu meʼmoriy yodgorlik, shimoliy-zamonaviy uslubda boʻlib, Rossiya imperiyasining bosh masjidi va Rossiya imperiyasining Yevropa qismidagi eng katta masjidi hisoblanadi[1].


Maʼlumki, XIX asrning oxirlariga kelib, Sank-Peterburgda musulmonlar soni ancha ortadi, lekin u yerda bironta masjid boʻlmagan. Shu bois Sankt-Peterburg musulmonlari masjid qurish uchun mablagʻ toʻplashga kirishadi. Biroq shahardagi ayrim mahalliy amaldorlar bu ishga jiddiy qarshilik koʻrsatishadi. Zarur mablagʻ tezlikda yigʻilavermaydi Toʻplangan pul hatto masjid qurilishi uchun yer sotib olishga ham yetmaydi.1880-yillarda Peterburg musulmon jamoasi oqpodsho hukumatiga masjid qurish uchun izn soʻrab murojaat qiladi. Ammo murojaat inobatga olinmaydi. Shundan keyin masalaga Buxoro amiri Abdulahadxon aralashib, Rusiya imperatoridan poytaxtda musulmonlar uchun ibodatgoh qurishga ruxsat soʻraydi. Imperator rozilik beradi. Buxoro amiri vakillari bir necha yil davomida shahar markazidan masjid uchun maqbul joy izlaydi. 1907-yili amir Abdulahadxon muhandis I.Dolotskiyning xususiy mulki boʻlgan katta uyni atrofidagi yeri bilan 312 ming rublga sotib oladi[2][3].

Masjid meʼmoriy loyihasi uchun tanlov oʻtkaziladi. Koʻplab meʼmorlar ishtirok etgan tanlov natijalari 1908-yil 11 martda koʻrib chiqiladi. Tanlovda 45 ta loyiha orasidan taniqli rus meʼmorlari N.Vasilev, M.Lyalevich, M.Peretyatkov muallifi boʻlgan loyihalar gʻolib deb topiladi. Ularning har biriga 3 ming rubldan mukofot beriladi. Qurilishga asos qilib esa N.Vasilev loyihasi tanlanadi. Pirovardida loyiha rus imperatori tomonidan shaxsan maʼqullanadi. Qurilishni boshlash uchun uchun kamida 500 ming rubl mablagʻ zarur edi. Masjid qurilishi boʻyicha qoʻmitaga Rusiya hududidagi musulmon jamoalaridan oʻn yil ichida 750 ming rubl xayriya mablagʻi yigʻib olishga ijozat etiladi[4].

Amir Abdulahadxon oʻz hukmronligining 25 yilligi munosabati bilan rus poytaxtiga tashrifi chogʻi 1909-yil 10-fevralda masjidga ilk ramziy gʻisht qoʻyiladi. „Banda tadbir qiladi, Olloh – buyukdur!“ Amir Abdulahadxon Buxoroga qaytgach vafot etadi. Yaʼni masjid ishga tushirilgan kunni koʻrish amirga nasib etmaydi. U 1910-yilning 26-noyabrida olamdan oʻtadi. Masjid qurilishiga taxtga chiqqan yangi hukmdor – amir Olimxon bosh-qosh boʻladi. Qurilish jadal davom ettiriladi. Ichki bezaklar hali itmomiga yetmagan boʻlsa-da, masjidni Romanovlar sulolasi hukmronligining 300 yilligi tantanalariga ochishga qaror qilinadi[5][6].

Biroq masjid qurilishi toʻxtamaydi. 1913-yilning 22-fevralida masjid tantanali ochiladi. Unda otasining oʻrniga taxtga oʻtirgan hukmdor, Buxoroning soʻnggi amiri Said Olimxon bilan birga Xiva xoni Asfandiyorxon ham ishtirok etgan. Qizigʻi shundaki, bugungi mamlakatimiz hududidan joy olgan ikki qoʻshni davlat hukmdorlari faqat ana shu voqea munosabati bilan aynan Sankt-Peterburgda uchrashishgan ekan[7].

1917-yilgi inqilobdan keyin oqpodsho taxtdan qulatilib, hokimiyatga bolsheviklar keladi. Hali hokimiyatni mustahkamlab ulgurmagan shoʻrolar dastlab masjid faoliyatiga eʼtiroz bildirmaydi.

1920-yil bahorida Ramazon oyi munosabati bilan masjid ibodat uchun rasman ochiladi. Buxoro amiri Olimxon markaziy xonaqoh uchun 400 kvadrat metrlik qadimiy gilamni joʻnatadi.1920-yil 30 aprelda Sobor masjidida qurilish va pardozlash ishlari toʻliq yakunlandi. Avlodlar xotirasi uchun asosiy kirish eshigi yaqinida ikkita sana osib qoʻyilgan: yotqizilgan kun va ichki bezatish ishlari toʻliq tugatilgan kun[8].

Hozirgi kunda bino

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid Petrogradskaya tomonida, Kronverkskiy prospekti va Konni koʻchasining burchagida (Gorkovskaya metro bekati yaqinida) joylashgan.

  • uzunligi – 45 m
  • kengligi – 32 m
  • bosh gumbazning balandligi – 39 m
  • minoralar soni – 2 ta
  • minoralar balandligi – 48 m
  • sigʻimi – 5000 kishi

Masjidning 1-qavati erkaklar uchun moʻljallangan. Asosiy zalning oxirida, chap tomonda, ish kunlarida ayollar namoz oʻqishlari uchun oʻralgan joy mavjud. 2014 yilda 2-qavat panjarasi uslubida yogʻochdan yasalgan dekorativ panjara oʻrnatildi.

Masjidning 2-qavati ayollar uchun moʻljallangan boʻlib, ikkita kirish joyi bor (asosiy zaldan va koʻchadan). Aslida, bu mezzanin (asosiy qavatning hajmiga oʻrnatilgan mezzanin).

Keng marmar zinapoya masjidning 3-qavatiga olib boradi. Aslida, bu ham asosiy zalning uch tomonida qurilgan mezzanina. Juma va bayramlarda erkaklar namozi uchun joy ajratilgan. U yerda umumiy dam olish kunlarida islom asoslari va arab tili boʻyicha bepul darslar oʻtkaziladi.

Masjidning tashqi va ichki bezaklari Shohi-Zinda va Goʻri-Amir masjidlari bezaklaridan nusxa koʻchirish uchun Samarqandga maxsus sayohat qilgan rassom L. Maksimovning chizmalari boʻyicha qilingan. Sobor masjidining tashqi va ichki devorlari Qur’ondagi Oyatlar bilan bezatadi.

Neva boʻyidagi moviy gumbazli muazzam masjid bugun qadimiy Sankt-Peterburgning ramzlaridan biriga aylangan.

--

 --