Sankt-Peterburg madhiyasi
Sankt-Peterburg madhiyasi | |
Soʻz muallif(lar)i | Oleg Chuprov[1] |
---|---|
Bastakor | Reyngold Glier |
Qabul qilindi | 2003-yil 13-may |
Sankt-Peterburg madhiyasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiruvchi Sankt-Peterburg shahrining rasmiy davlat ramzi hisoblanadi. 2003-yil 13-mayda Sankt-Peterburg dumasining 165-23-sonli „Sankt-Peterburgning rasmiy ramzlarining batafsil tavsifi va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida“gi qonuniniga koʻra yangi tahrirda qabul qilingan. 23-aprel kuni Sankt-Peterburg Qonunchilik Assambleyasi tomonidan tasdiqlangan va Sankt-Peterburg gubernatori tomonidan imzolangan[2].
Matn
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rus tilida[3][4] | Lotin alifbosida[5] | Inglizcha tarjima |
---|---|---|
Державный град, возвышайся над Невою, |
Derzhavnyy grad, vozvyshaysya nad Nevoyu, |
Sovereign city, tower over the Neva, |
Faktlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1. Aleksandr Gorodnitskiy Leningradning 250 yilligiga bagʻishlab „Bronza chavandozi“ baletidagi Reyngold Glier musiqasiga madhiya yozgan. 2. Madhiya rasmiy jihatdan 2003-yilgacha soʻzsiz ijro etilgan[6]. 3. 2002-yilda Sankt-Peterburg Qonunchilik Assambleyasi shahar madhiyasi yangi matni uchun tanlov eʼlon qildi. 2002-yil 24-oktyabrda tanlov hakamlar hay’ati qarori bilan Oleg Chuprov matnini gʻolib deb topdi. 4. 2002-yil 17-dekabrda V.A.Tyulpanov boshchiligidagi komissiya madhiyaning tanlangan variantini tasdiqladi. Tegishli qonun Qonunchilik Assambleyasi tomonidan 2003-yil 23-aprelda qabul qilingan[7]. 5. 2003-yil 13-mayda qonun Sankt-Peterburg gubernatori tomonidan imzolandi[8].
Mualliflar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Matn muallifi shoir Oleg Chuprov hisoblanadi. Musiqasi Reyngold Glierga tegishli.
Shaharning norasmiy madhiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyidagi madhiyalar shaharning norasmiy madhiyalari hisoblanadi.
1. „Vechernyaya pesnya“ — Aleksandr Churkin soʻzi va musiqasi Vasiliy Solovyov-Sedoy 2. „Atlanti“ — Aleksandr Gorodnitskiyning 1963-yilda yozilgan qoʻshigʻi.
Bugungi kunda shaharning bir qancha bayram tadbirlarida ijro qilinadi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasida uchta shahar oʻz madhiyasiga ega boʻlib, Sankt-Peterburg madhiyasi shular qatorida turadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Закон Санкт-Петербурга «О детальном описании официальных символов Санкт-Петербурга и порядке их использования»“. gov.spb.ru. 2012-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-iyul.[ ]
- ↑ „Геральдика.ру“. geraldika.ru. 2012-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-iyul.
- ↑ „Приложение 11 к Закону Санкт-Петербурга «О детальном описании официальных символов Санкт-Петербурга и порядке их использования» от 23 апреля 2003 года N 165-23“ [Supplement No. 11 to the Law of Saint Petersburg "On the detailed description of the official symbols of Saint Petersburg and the order of their use" of 23 April 2003 No. 165-23] (ru). gov.spb.ru. 2016-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-iyul.
- ↑ peterinfo.ru „«Гимн Великому городу» из балета «Медный всадник», Рейнгольд Глиэр, в редакции Григория Корчмара“. 2013-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-fevral.
- ↑ „Hymns of Russian Oblasts - Gimn Sankt-Peterburga (Гимн Санкт-Петербурга) Sovereign City of Saint Petersburg (Gimn Sankt-Peterburga) lyrics + English translation“ (en). lyricstranslate.com. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
- ↑ „St. Petersburg Anthem“ (en). NPR.org (2001-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
- ↑ „Гимн Санкт-Петербурга“ [The Anthem of Saint Petersburg] (ru). spbin.ru. spbin.ru. 2007-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-iyul.
- ↑ „Устав Санкт-Петербурга“ [Charter of Saint Petersburg] (ru). Saint Petersburg City Administration. gov.spb.ru. 2013-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-iyul.