Kontent qismiga oʻtish

Sanobar Faxriddinova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sanobar Faxriddinova — 1957-yilning 19-mart kuni koʻhna Kesh — Shahrisabzda tavallud topgan. 1974-yili hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetning jurnalistika fakultetida tahsil olgan[1]. "Yosh kuch", „Saodat“ jurnallarida boʻlim boshligʻi, Oʻzbekiston teleradiokanalida siyosiy sharhlovchi, katta muharrir, „Oila va jamiyat“ gazetasida muharrir va „Matbuot rivoji“ MCHJning bosh direktori  lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. U „Bir dasta gul“, „Tongda kelgan farishta“, „Umidli dunyo“, „Koʻngilga oʻgʻri tushdi“, „Yurak, senga ishondim“,  „Navolarga koʻchgan hislarim“  sheʼriy kitoblar  va uch jildlik „Jonim fido“ publitsistik toʻplamining muallifi. Sanobar Faxriddinova „Oʻzbekiston ijodkor ayollar uyushmasi“ning „Atirgul“ mukofoti hamda „Mustaqillikning 15 yilligi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

  1. „arxiv nusxasi“. 6-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-avgust 2022-yil.