Kontent qismiga oʻtish

Santo Spirito cherkovining xochga mixlanishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Santo Spirito cherkovining xochga mixlanishi (ital. Crocifisso di Santo Spirito) — 1492-yilda Mikelanjelo tomonidan yaratilgan yogʻoch xoch[1]. Bu xoch Florensiyadagi Santo Spirito cherkovining qurbongohi uchun oʻyib yasalgan[2].

Bu turdagi  yana boshqa xochga mixlangan koʻrinishdagi asarlar ham mavjud boʻlib, ularning muallifi ham Mikelanjelom Bularga misol qilib Gallinoning xochga mixlanishi va Montserratning xochga mixlanish kabi asarlarini olish mumkin

Yaratilish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lorenzo Medichi vafotidan soʻng, ilgari Medichi saroyida yashagan Mikelanjelo uyiga qaytdi. Aynan oʻsha paytda u Santa Maria del Santo Spirito (italyancha: Santa Maria del Santo Spirito) monastiridagi kasalxonada anatomik tadqiqotlarga asos solgan edi. Vasari bu haqda shunday yozadi: „Florensiyadagi Santo Spirito cherkovi uchun u yogʻochdan xochga mix yasadi, u hozir asosiy qurbongohning yarim doirasi ustida turibdi. U oʻsha xonadan  foydalanishga ruxsat berganliklari uchun shu tarzda minnatdorchilik bildirmoqchi edi. Chunki u xonada Mikelanjelo tez-tez oʻlik jasadlarni yorib, anatomiyani oʻrgangan va shu narsa uning  rasm chizishdagi  mukammallikka erishishiga asos boʻlgan. Va keyinchalik bunga erishgan ham“[3]. Ushbu dastlabki ish (Mikelanjelo oʻsha paytda oʻn etti yoshda edi) 1962-yilda  topilgunigaqadar yoʻqolgan deb hisoblangan. Shundan soʻng, xochga mixlanishning haqiqiyligi haqida tortishuvlar boshlandi va bu tortishuvlar  2001-yilda tadqiqotchilar bu Mikelanjeloning ishi degan xulosaga kelishganidan keyin yakuniga yetgan[4].

Bir muncha vaqt xochga mixlangan  Buonarroti uyida, hozir Santo Spirito cherkovida saqlanib kelinmoqda.

Mikelanjelo. Kentavr jangi (fragment)

Yuhanno Xushxabarida aytib oʻtilganidek, uning kiyimlarini odamlarga ehson qilishdi (Yuhanno 19:23 , 24).

Masih ustidagi lavhada soʻzlar yozilgan: Nosiralik Iso, Yahudiylarning Podshohi (Yuhanno 19:19).

Erik Shilianoning soʻzlariga koʻra, Isoning xozrgi koʻrinishdagi yasalgan asarlariga uning dastalbki, toshdan yasalgan asaridagi  „yumshoq, silliq chiziqlari, gotika simmetriyasi, nozik goʻzalligi va sodda nisbatlarining  hech qanday aloqasi yoʻq“[5].

Bu xochga mixlanish Shults K. „Tosh va ogʻriq“ biografik romanida tilga olingan".[6]:

(...) xochga mixlanish go'zal! Odamlar faqat chiroyli xochga mixlanganlar oldida ibodat qilish kerak (...), chunki go'zallik taqvo bilan birga bo'lishi kerak, yomon tasvirlar oldida yaxshi ibodat qilish mumkin emas...

  • Margrit Lisner. Michelangelos Kruzifixus aus S. Spirito in Florenz, Münchner Jahrbuch der bildenden Kunst, 3. F., 15, 1964, S. 7 —36.
  • Margrit Lisner. The Crucifix from Santo Spirito and the Crucifixes of Taddeo Curradi, The Burlington Magazine, 122, [December 1980], pp. 812 —819
  1. Эрпель 1990.
  2. Wallace 2010.
  3. Вазари 1970.
  4. BBC News | ARTS | Crucifix 'confirmed' as a Michelangelo
  5. Scigliano 2005.
  6. Шульц 2007.
  • Вазари Д.. Жизнеописания прославленных живописцев, скульпторов и архитекторов. K.: Iskusstvo, 1970 — 296 —429, 497 —507-bet.  (Ukraincha)
  • Микеланджело. Поэзия. Письма. Суждения современников / сост. В. Н. Гращенков. М.: Искусство, 1983. 
  • Эрпель Фриц.. Микеланджело / Пер. с нем. Сергея Данильченко. Берлин: Хеншель, 1990. ISBN 3-362-00044-4. 
  • Шульц К.. Камень и боль: роман. М.: Эксмо, 2007. ISBN 5-699-20485-7. 
  • Eric Scigliano.. Michelangelo's Mountain: The Quest For Perfection In The Marble Quarries Of Carrara. Simon and Schuster, 2005.  (ingl.)
  • John Addington Symonds.. The Life of Michelangelo Buonarroti, 1893.  (Wayback Machine saytida 2014-07-18 sanasida arxivlangan) (ingl.)
  • William Wallace.. The Treasures of Michelangelo. Andre Deutsch, 2010. ISBN 978-0-233-00253-8.  (ingl.)