Kontent qismiga oʻtish

Saodat Gulahmedova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saodat Gulahmedova
Tavalludi 1937-yil
Adigen tumani, Gruziya SSR
Vafoti nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor
Unvoni
Mukofotlari

Saodat Gulahmedova (1937-yil, Adigen tumani, Gruziya SSR — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS aʼzosi (1958)[1].

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saodat Gulahmedova 1937-yil Adigen tumanida tavallud topgan. Gulahmedova Boʻka tumanidagi Hamza nomli kolxozda kolxozchi (1950—1953), zveno boshligʻi (1954—1959), Oxunboboyev nomli kolxozda (1960—1962), Hamza nomli kolxozda brigade boshligʻi (1963—1964), 1965-yildan Oxunboboyev nomli kolxozda uchastka boshligʻi boʻlib ishlagan. Gulahmedova qoʻlda 35 tonna (1956), mashinada 150 tonna (1958) paxta tergan. 110 gektar yerning har gektaridan 50 sentnerdan paxta yetishtirgan (1964). KPSS 22-syezdi, Oʻzbekiston KP 16-syezdi delegati. Lenin ordeni, Butunittifoq Qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasining oltin va kumush medallari bilan taqdirlangan.

  1. OʻzSE 1972, s. 466
  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, III tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1972 — 640-bet.