Kontent qismiga oʻtish

Saqlanish qonunlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saqlanish qonunlari — baʼzi bir fizik kattaliklarning son qiymatlari istalgan jarayonlarda vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmay qoladigan fizik qonuniyatlar. Saqlanish qonunlaridan eng muximi massa, energiya, impuls, harakat miqdori momenti, elektr va barion zaryadlarning Saqlanish qonunlaridir. Bunday qatʼiy Saqlanish qonunlaridan tashqari, taqribiy Saqlanish qonunlari ham mavjud. Bular faqat maʼlum doiradagi jarayonlar uchungina oʻrinli, mas, juftlikning saqlanishi faqat zaif oʻzaro taʼsirlarda buzilishi mumkin.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil