Kontent qismiga oʻtish

Sara Nović

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sara Nović
Tavalludi 1987 (yoshi 36–37)
Kasbi
  • Yozuvchi
  • tarjimon
  • muharrir
  • professor
Ijod qilgan tillari Ingliz tili va Xorvat tili
Fuqaroligi AQSh
Taʼlimi Columbia universiteti
Veb-sayti
sara-novic.com

Sara Nović (talaffuzi: Sara Novich; 1987-yilda tugʻilgan) – amerikalik yozuvchi, tarjimon va professor[1][2]. Shuningdek, u kar romanchi sifatida duch kelgan muammolari haqida yozgan karlar huquqlarini himoya qiluvchi aktivist hisoblanadi[3][4][5].

Novićning eng mashhur ilk romani „Girl at War“ 2015-yilda nashr etilgan boʻlib, unda Yugoslaviyaning parchalanishi bilan bogʻliq fuqarolar urushidagi oʻn yoshli Ana Jurić haqida hikoya qilinadi[6][7][8]. Roman 2016-yilda Alex mukofotiga sazovor boʻldi. 2014-yilda Nović American Literary Translators uyushmasi tomonidan ALTA sayohat stipendiyasi bilan taqdirlangan[9]. U oʻz adabiy asarlarini nashr etishdan tashqari, taniqli bosniyalik yozuvchi Izet Sarajlić sheʼrlarini ham tarjima qilgan. Nović 2013-yilda Sarajlićning „After I Was Wounded“ sheʼrini tarjima qilganligi uchun Willis Barnstone Translation mukofotiga sazovor boʻldi. Shuningdek, u Alex mukofotini ham qoʻlga kiritgan[10].

Novićning ikkinchi kitobi „True Biz“ 2022-yilda nashr etilgan[11]. Kitob Charliening karlar uchun moʻljallangan River Valley maktabiga borishi haqidagi hikoyasini oʻz ichiga olgan. U koxlear implanti taqib yuradi va hayotida birinchi marta boshqa karlarni uchratadi. Kitob Reese Witherspoon kitob klubi muhokamasi uchun tanlangan va The New York Times nashri unga „Bosh qahramonlarning barcha fikrlariga aniq kirish imkoniyatini taqdim etgan harakatli, tez sur’atli va jo‘shqin“ deb ta’rif bergan[12].

Nović Columbiya universitetida MFA dasturini tugatgan, u yerda badiiy va adabiy tarjimalarni oʻrgangan. U Blunderbuss Magazineda badiiy muharrir va „Redeafined“ blogining asoschisi sifatida ishlagan. Nović Stockton universiteti ijodiy yozishmalar bo‘yicha dotsent lavozimida hamf faoliyat yuritadi[9].

  1. „Sara Nović“. www.goodreads.com. Qaraldi: 2017-yil 30-noyabr.
  2. „Sara Novic - Interview“ (en). BookPage.com. Qaraldi: 2017-yil 30-noyabr.
  3. „Opinion | The hearing world must stop asking the deaf to assimilate“ (en-US). NBC News. Qaraldi: 2017-yil 30-noyabr.
  4. Novic, Sara. „What it's like to be a deaf novelist“ (en-GB). The Guardian (2015-yil 23-may). Qaraldi: 2017-yil 30-noyabr.
  5. „What?! 6 Authors You Didn't Know Were Deaf Or Hard Of Hearing“ (en-US).
    1. AmReading (2016-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 30-noyabr.
  6. Novic, Sara. „Topography of a novel: Sara Novic on how she wrote Girl at War“ (en-GB). The Guardian (2016-yil 23-mart). Qaraldi: 2017-yil 30-noyabr.
  7. Girl at War by Sara Novic | PenguinRandomHouse.com (en-US). 
  8. „Girl at War“. www.goodreads.com. Qaraldi: 2017-yil 30-noyabr.
  9. 9,0 9,1 „Sara Novic (2014 ALTA Fellow)“ (en-US). ALTA Blog (2014-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 30-noyabr.
  10. „3 winners for the 2013 Willis Barnstone Translation Prize“ (en-US). BLT (2014-yil 23-mart). Qaraldi: 2017-yil 30-noyabr.
  11. „True Biz: A Novel“. Penguin Random House. Qaraldi: 2022-yil 14-aprel.
  12. Meloy, Maile. „At a School for the Deaf, Signs of Change Are Clear“ (en-US). The New York Times (2022-yil 15-mart). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.