Sarah Andersen
Sarah Andersen | |
---|---|
Sarah Andersen 2016-yilgi Lucca Comics & Games oqshomida | |
Tavalludi | 15-iyun 1992 |
Ijod qilgan tillari | Ingliz tili |
Fuqaroligi | AQSh |
Taʼlimi | Merilend instituti sanʼat kolleji |
Sarah Andersen — amerikalik karikaturachi va illyustrator, Sarah's Scribbles vebkomikslar toʻplami muallifi. New York Timesning bestselleri Fangs kitobi muallifi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andersen 2014-yilda Merilend instituti sanʼat kollejini (MISK) tamomlagan. MISKni tamomlagandan soʻng, qisman avtobiografik vebkomiks Sarah’s Scribbles (eski Doodle Time) chizishni boshlaydi[1][2]. Sarah’s Scribbles uchun ketma-ket uch yil eng yaxshi grafik romanl va komikslar boʻyicha Goodreads Choice mukofotini qoʻlga kiritgan. 2016-yilda Adulthood is a Myth debyut kitobi, 2017-yilda Big Mushy Happy Lump kitobi va 2018-yilda Herding Cats kitobi uchun uchun Goodreads Choice mukofotiga loyiq koʻrilgan[3][4].
Andersen 2019-yil iyul oyida chiqarilgan Cheshire Crossing grafik romanida yozuvchi Andy Weir bilan hamkorlik qilgan[5]. Ushbu hamkorlik Weirning eski hajviyasiga asoslangan boʻlib, Piter Pan hikoyasidan Wendy Darling, Oz sehrgari hikoyasidan Dorothy Gale va „Cheshire Crossing“ deb nomlangan maktab-internatdagi Alice moʻjizalar mamlakatida filmidan olingan Elis Liddell kabi qahramonlardan iboratdir[6].
Andersen 2019-yilning oxirida Tapas platformasida Fangs deb nomlangan gʻayritabiiy romantik vebkomiksini chop etishni boshladi[7][8]. 2020-yil sentyabr oyida Fangs kitobi Andrews McMeel nashriyoti tomonidan nashr etildi. Oʻsha oyda nashriyotdagi hafta davomida eng koʻp sotilgan kitob boʻld[9]. 2020-yil oktyabr oyida esa New York Timesning bestselleri (eng koʻp ostilgan kitob) boʻldi[10][11].
2020-yil yanvar oyida Mexiko shahridagi ommaviy sanʼat loyihasi doirasida oʻz qahramonlarining devoriy suratini chizgan. Biroq ushbu surat bir necha kun ichida oʻchirib tashlangan[12]. 2022-yil 31-dekabrda New York Times gazetasida Stable Diffusion (Barqaror diffuziya) kabi sunʼiy grafik tizimlarning oʻsishi haqida tahliliy esse yozdi. Ushbu inshosida grafik rassomlarning chalkashlik, oʻzlashtirish, obroʻga taʼsir qilish, daromadlarni kamaytirish kabi tahdidlarni ochiqlab bergan[13].
2023-yil yanvar oyida Andersen Sunʼiy intelekt (AI) kompaniyalari — Stability AI, Midjourney va DeviantArt onlayn sanʼat hamjamiyatiga nisbatan qoʻzgʻalgan daʼvo arizasining mualliflaridan biri[14].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Gander, Kashmira „The illustrator whose cartoons sum up how hard being an adult is“ (en). The Independent (2016-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 18-iyun.
- ↑ Seth, Rhythum „Ten Hilarious Webcomics You Need To Check Out Now“ (en). The Quint (2016-yil 12-iyul). Qaraldi: 2020-yil 18-iyun.
- ↑ Russell, Scott „Women Win Big at the 2017 Goodreads Choice Awards“ (en). Paste (2017-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 18-iyun.
- ↑ Jean-Philippe, McKenzie „More Than Half of This Year's Goodreads "Best Books" Are Written by Women“. Oprah Magazine (2018-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 18-iyun.
- ↑ „Cheshire Crossing“ (en). Kirkus Reviews (2019-yil 15-may). Qaraldi: 2020-yil 18-iyun.
- ↑ Lu, Alexander „Graphic Novel Club: Cheshire Crossing“. Comics Beat (2019-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 18-iyun.
- ↑ Arrant, Chris „What If SARAH from SARAH'S SCRIBBLES Grew Up? Author's Answer is FANGS“. Newsarama (2019-yil 19-dekabr). 2019-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Puc, Samantha „Weekend Webcomics: Shapeshift with Fangs, How to Be a Werewolf & Night Class“. CBR (2020-yil 14-mart). Qaraldi: 2020-yil 18-iyun.
- ↑ „Fangs“. Publishers Weekly. Qaraldi: 2020-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Publishers Weekly Bestsellers“ (en). Pique Newsmagazine (2020-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Graphic Books and Manga - Best Sellers“. The New York Times. Qaraldi: 2020-yil 19-oktyabr.
- ↑ „US artist's mural marred by graffiti in less than a week“ (en-US). Mexico News Daily (2020-yil 4-fevral). Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
- ↑ Andersen, Sarah. „Opinion | The Alt-Right Manipulated My Comic. Then A. I. Claimed It.“ (en-US). The New York Times (2022-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 1-yanvar.
- ↑ Canva, Michael. „Artists are alarmed by AI — and they're fighting back“. The Washington Post (2023-yil 14-fevral). Qaraldi: 2023-yil 15-fevral.