Sarandib togʻi
Seylon orolidagi togʻlardan biri.bu togʻ Odam togʻ deb ham atladi. Choʻqisining balandligi 2243 metr. U Seylondagi eng baland togʻ emas. Bu yerda katta oyoq izi boʻlib, buddaviylar uni buddaning oyoq izi deydilar, musulmonlar jannatdan ushbu togʻga tushirilgan Odam (a.s.) ning oyoq izi deydilar. Oyoq izi xarsangtoshga botgan boʻlib, uning oʻrni chuqurlikni hosil qilgan. Uzunligi oʻn bir qarich. Qadimda bu yerga xitoyliklar kelib, toshning bosh barmoq va undan pastrogʻini kesib olib ketishgan. Marko Poloning yozishicha, imperator Seylonga elchi yuborganda, elchi oʻzi bilan birga Pekinga xonga ikkita jagʻ tishi, soch tolalari va yana bazi narsalar hamda togʻ toshidan yoʻnib yasalgan yashil idish keltirilgan. U bu narsalar Buddaga yoki Odam (a.s.) ga tegishli ekaniga ishongan.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |