Saraton (kasallik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Saraton kasalligidan yoʻnaltirildi)
Kompyuter tomografiyasida koʻringan xavfli mezotelioma oʻsmasi.

Saraton (lotincha: cancer — „qisqichbaqa“), deb hujayralarning atipik oʻsishiga aytiladi. Atipik oʻsish bunday hujayralar qarishi yoki jarohatlanishiga qaramay cheksiz koʻpayishi bilan ifodalanadi. Sogʻlom hujayradan farqli oʻlaroq, bunday hujayralarda tabiy oʻlim holati oʻchirilgan, yaʼni ular toʻxtovsiz boʻlinish jarayonida boʻladi.

Saraton mutatsiyaga uchragan hujayralarga qarab asosiy 4 guruhga boʻlinadi. Karsinoma - epitelial toʻqimalarda, sarkoma - mezenxemal toʻqimalarda, leykemiya - qon ishlab chiqaruvchi ilikda, limfoma va miyeloma - immunitet tizimi hujayralarida va bosh miya hujayralarida atipik rivojlanishni anglatadi. Tabiiyki saratonning „suyuq“ turlari oʻsma paydo qilmaydi.

Saraton badanda joylashishiga qarab ham tasniflanishi mumkin, yaʼni koʻkrak bezi saratoni, oʻpka saratoni va hokazo[1].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Murodxoʻjayev N.K., Ocherki sovremennoy onkologii, Toshkent, 1998.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]