Saratov garmoni haykali
Saratov garmoni haykali - Saratov shahrining Frunze tumani, Stolypin prospektida cholg'u asbobiga o'rnatilgan yodgorlik.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saratov garmoni shaharning ramzlaridan biri hisoblanadi. Uni shahar kuni arafasida Ekspress-Volga banki Saratov fuqarolariga sovg'a qilgan. Yodgorlik muallifi saratovlik haykaltarosh Vladimir Palmin. Yodgorlik uchun "Pioner" kinoteatri yaqinidagi Kirov prospektining piyodalar qismidagi joy tanlangan.
Yodgorlikning dastlabki eskizlarida garmonni tik turgan hola chalaotgan akkordeonchi tasvirlangan. Keyinchalik, V. Palmin uni ko'cha chirog'i yonidagi skameykada oʻtirgan holda tasvirlagan. Yodgorlikning dastlabki ishlanmasi loydan yasalgan. So'ngra, Moskva viloyatining Jukovskiy shahrida bronzadan quyilgan. U yerdan muallifning o'zi Saratovga olib kelgan. Butun yodgorlikning balandligi 3 m 40 sm ga yetadi va og'irligi 750 kg.ni tashkil qiladi. Haykaltaroshlik kompozitsiyasini ishlab chiqishga taxminan 1 million rubl sarflangan.
Yodgorlik 2009-yil 11-sentabrda "Pioner" kinoteatri oldida o'rnatilgan. Uning tantanali ochilishi 2009-yil 12-sentabr - Shahar kuni nishonlanadigan kunga to'g'ri kelgan[1]. Ochilish marosimida Saratov ma'muriyati rahbari V. L. Somov, garmon chaluvchilar va folklor guruhlari ham qatnashgan.
Ushbu yodgorlik shaharning diqqatga sazovor joylaridan biriga va sayyohlar suratga tushadigan mashhur joyga aylandi. Yodgorlik ma'lum soatlarda mahalliy Saratov instrumental guruhining kompozitsiyalarini ijro etadi va shaharning tarixiy ramzi - garmonni eslatadi.
2014-yil mart oyida yodgorlik yo'l-transport hodisasi ishtirokchisiga aylandi - avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo'qotgani bois yodgorlikka kelib urilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „На проспекте Кирова открывается памятник саратовской гармошке“. Взгляд-инфо (2009-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 6-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Козловский И. „Памятник саратовской гармошке“ (ru). Большая Саратовская Энциклопедия. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-may.
- Алена Афанасьева. „На проспекте Кирова появился памятник саратовской гармошке“ (ru). Комсомольская правда. Саратов (2009-yil 18-sentyabr). 2014-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-may.
- „Водитель врезался в памятник саратовской гармошке на проспекте Кирова“ (ru). Информационное агентство «Версия». Саратов (2014-yil 28-mart). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-may.