Saraxsiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

SARAXSIY, Abul Abbos Muhammad ibn Abdurrahmon ad-Dog‘uliy as-Saraxsiy tugʻilgan yili aniq emas tahminan 975-999-yillarda tugʻilgan — shofi’iylikdagi mashhur muhaddis, imom va faqih. Saraxsda tug‘ilgan. Buxoro va Nishopurda hadislardan taʼlim olgan, Saraxsda vaʼzlar o‘qigan. Sam’oniyning maʼlumotiga ko‘ra birinchi bo‘lib shofi’iylikni Saraxsda targ‘ib etgan. Iroqda bo‘lgan. Movarounnahr va Xurosonda uning 8 ta shogirdi, Iroq va Marvda 3 ta ustozi borligi qayd etilgan. „Al-Mu’jam“ hadislar to‘plami muallifi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

ISLOM ENSIKLOPEDIYASI © „Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004