Kontent qismiga oʻtish

Sardorbek Ergashev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ergashev Sardorbek Kadirovich (1986-yil, Toshkent shahri) – oʻzbek davlat arbobi, 2024-yil avgust oyidan buyon Toshkent tumani hokimi[1].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sardorbek Ergashev 1986-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy, 2011-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2023-yilda Toshkent arxitektura-qurilish universitetlarini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2008-yilda Toshkent shahar Olmazor tumani „MEBEL DILVAZIZ“ qoʻshma korxonasi taʼminotchisi lavozimidan boshlagan. 2019-2020-yillarda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati xududiy boshqarmasi boshligʻi, 2020-2023-yillarda Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi, 2023-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 2024-yil avgust oyidan Toshkent tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritmoqda[2][3].