Kontent qismiga oʻtish

Sarijaz

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sarijaz — Markaziy Tyanilandagi togʻ tizmasi (asosiy qismi Qirgʻizistonning sharqiy chekkasida). Shimolida Sarijaz, janubida Inilchiq daryolari oraligʻida joylashgan. Uzunligi 110 km ga yaqin. Eng baland joyi gʻarbida — 4799 m. Markaziy qismidagi dovon (bal. 4001 m) har ikki dare vodiysini bogʻlaydi. Janubiy yon bagʻri dare vodiysidan tik koʻtarilgan, shimoliy yon bagʻri esa nishabroq, Sarijaz daryosining koʻplab chap irmoqlari bilan kesilgan. Tizmada muzliktaʼsiri natijasida hosil boʻlgan relyef shakli koʻp. Tizma tektonik jihatdan antiklinal struktura boʻlib, slanets, marmarlashgan ohaktosh, otqindi granit va boshqa togʻ jinslaridan tuzilgan. Tizmaning shimoliy yon bagʻrida Semyonov va Mushketov muzliklari, janubiy yon bagʻrida Shimoliy Inilchiq muzligi joylashgan. Yon bagʻirlarida baland tog oʻtloklari mavjud.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil