Kontent qismiga oʻtish

Sariosiyo (shaharcha)

Koordinatalari: 38°24′48″N 67°57′26″E / 38.41333°N 67.95722°E / 38.41333; 67.95722
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sariosiyo
shahar
38°24′48″N 67°57′26″E / 38.41333°N 67.95722°E / 38.41333; 67.95722
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Surxondaryo viloyati
tuman Sariosiyo tumani
Aholisi
14 300
Vaqt mintaqasi UTC+5
Sariosiyo xaritada

Sariosiyo — Surxondaryo viloyatidagi shaharcha. Sariosiyo tumani maʼmuriy markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi Sariosiyo (7 km). Aholisi 14,3 ming kishi (2000). Xoʻjaliklari va aholisi Toʻpolondaryodan suv oladi. Shaharcha yonida Toʻpolon suv ombori bor. Mahalliy toponimistlarning fikricha, tuman nomi "cap—bosh va osiyo — tegirmon, yaʼni "tegirmon boshi" maʼnosini anglatadi. S.da sanoat, transport, aloqa korxonalari, dehqon bozori, savdo madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud.

Parrandachilik korxonasi ishlab turibdi. Umumiy taʼlim maktablari, kollej, maxsus internatmaktab, madaniyat uylari, stadion, kasalxona, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil