Kontent qismiga oʻtish

Sariqamish jangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sariqamish jangi
Birinchi jahon urushidagi Kavkaz yurishi
Sarikam
Sarikam

Sanalar 22-dekabr 1914-yil—17-yanvar, 1915-yil
Urush yeri Sariqamish, Kars viloyati,Rossiya imperiyasi
Natija Rossiya imperiyasi gʻalabasi
Raqiblar
 Rossiya imperiyasi  Usmoniylar imperiyasi,
Qoʻllov:
Germaniya imperiyasi
Qoʻmondonlar
Rossiya imperiyasi Illarion Vorontsov-Dashkov
Rossiya imperiyasi Nikolay Yudenich
Rossiya imperiyasi Aleksandr Myshlayevsky
Rossiya imperiyasi Arshak Gafavian
Rossiya imperiyasi Hamazasp Srvandztyan
Turkiya Enver Posho
Bronsart Posho
Feldmann Posho
Turkiya Hafiz Hakki Posho
Turkiya Yusuf Izzet Posho
Turkiya Galip Pasha
Turkiya Ali İhsan Posho
Harbiy birliklar
Rossiya Kavkaz armiyasi(Birinchi Jahon Urushida) Uchinchi armiya(Usmonli imperiyasi)
Kuchlar
78,000[1] 100,000 [2]
Yoʻqotishlar
16 000 oʻldirilgan va yaralangan
12 000 kasal[3][4]
33 000 oʻldi
10 000 kasalxonada vafot etdi
10 000 yarador
7 000 asirga olindi[5]

Sariqamish jangi — Birinchi jahon urushi davrida Rossiya va Usmonli imperiyalari oʻrtasida boʻlgan jang. Bu 1914-yil 22-dekabrdan 1915-yil 17-yanvargacha Kavkaz yurishi doirasida boʻlib oʻtgan.

Jang Rossiya imperiyasi gʻalabasi bilan yakunlangan. Usmonlilar aniq vaqtda belgilangan joyga tez yetib boruvchi askarlarni joʻnatgan. Bu yondashuv Germaniya va Napoleon taktikasiga asoslangan edi. Qish sharoitiga yaxshi tayyorgarlik koʻrmagan Usmonli qoʻshinlari Allahuekber togʻlarida katta talofat koʻrgan. 25 000 ga yaqin Usmonli askari jang boshlanishidan oldin muzlab oʻlgan[6].

Jangdan soʻng, Sariqamishda Usmonlilar strategiyasini rejalashtirgan Usmonli harbiy vaziri Anvar Posho oʻz magʻlubiyatida armanlarni ayblagan.

Dastlabki maʼlumotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jang jarayoni
Birinchi arman koʻngilli brigadasining 4-batalyoni

Rossiya 1877-yilda rus-turk urushi paytida Kars qalʼasini turklardan tortib olgan va u harbiy jihatdan boshqariladigan Kars viloyati tarkibiga kiritilgan. Usmonli imperiyasi 1914-yil oktyabrida Markaziy kuchlar tomonida urushga kirganidan soʻng, Rossiya Kars va Batumi portini qaytarib olishga qaratilgan Kavkaz kompaniyasidan xavfsirayotgan edi. Markaziy kuchlar nuqtai nazariga koʻra, Kavkazga yurish qilish rus qoʻshinlariga chalgʻituvchi taʼsir koʻrsatar edi. Kavkaz yurishidan koʻzlangan bevosita strategik maqsad Artvin, Ardahan, Kars va Batumi portini qaytarib olish boʻlgan. Usmonli harbiy vaziri Ismoil Enver, uzoq muddatli maqsad Tbilisiga va undan tashqariga yoʻl ochishga yordam beradi, bu esa oʻz navbatida Kavkaz musulmonlarining qoʻzgʻoloniga sabab boʻladi, deb umid qilgan. Turklarning yana bir strategik maqsadi Rossiyaning Kaspiy dengizi atrofidagi uglevodorod resurslariga yetib borish yoʻlini toʻsish boʻlgan[7].

Ismoil Enver va Otto fon Feldman boʻlinmalarni koʻzdan kechirmoqda

Usmonli 3-armiyasining qarorgohi Arzirumda joylashgan va unga Hasan Izzet qoʻmondonlik qilayotgan edi. 1914-yil 30-oktyabrda Istanbuldagi Oliy qo‘mondonlik 3-armiya qarorgohiga Usmonli dengiz floti Qora dengizdagi Rossiyaning Novorossiysk, Odessa va Sevastopol portlarini bombardimon qilgani haqida xabar bergan. Oliy qoʻmondonlik rus armiyasining istalgan vaqtda Usmonli chegarasini kesib oʻtishini kutgan. Bergmanning hujumi (1914-yil 2-noyabr—1914-yil 16-noyabr) u boshchiligidagi rus qoʻshinlari magʻlubiyati bilan yakunlangan.

Turklarning IX (28 000 askar) va X korpusi (40 000 askar) puxta tayyorlangan askarlar edi, lekin Usmonli armiyasi qishki kiyimlar bilan yetarli taʼminlanmagan[8][9].

Harbiy vazir Ismoil Enver Istanbuldagi harbiy vazirlikda operatsiya rejasini ishlab chiqqan. Uning strategiyasi Napoleondan koʻchirilgan va nemis prinsiplariga asoslangan. Enverning rejasi uchta korpus yordamida bar vaqtda egallab olish bo‘lgan. Oʻng qanotda XI Korpus ruslarning joylashuvini aniqlash va  chalg‘tuvchi hujumlarni amalga oshirish bo‘lgan. Chap qanotda polkovnik Hafiz Hakki boshchiligidagi X korpus (40 000 askar) va Ali Ihsan Posho boshchiligidagi IX korpusning (28 000 askar) Kötekka (Sariqamishdan 30 kilometr janubi-gʻarbda) va asosiy rus armiyasidan 10-15 kilometr shimoli-sharqda (2-Turkiston korpusi) yetib borishi, rus qo‘shinlarini Aras daryosi vodiysiga siqib chiqarishi hamda o‘zaro kelishgan holda hujum qilayotgan uchta korpus yordamida ularni yo‘q qilish rejalashtirilgan edi.

Urush zonasi Qora dengizdan Van koʻliga qadar deyarli 1,250–1,500 kilometr (780–930 milya) choʻzilib ketgan va bu esa qoʻshinlarning bir joga jamlanishini qiyinlashtirar edi. Harbiy amaliyot dengiz sathidan oʻrtacha 1500—2000 metr yuqori hududda boʻlib oʻtgan. Mintaqadagi asosiy qiyinchilik yoʻllar bilan bogʻliq, Usmonli tomonidagi transport infratuzilmasi yetarli darajada emas edi. Rossiyaning asosiy ustunligi Kars Gyumri Axalkalaki temiryoʻl liniyasi va Sariqamishdagi terminal edi[10].Qoʻshin Kavkaz choʻqqilaridan oʻtishining yagona yoʻli Kars va Sariqamish shaharlari joylashgan baland dovonlar edi. Undan tashqarida Aras daryosi va Furotning yuqori vodiylari gʻarbga choʻzilgan. Boshqa hamma joyda yoʻllar artilleriya oʻtib boʻlmaydigan darajada edi.

24-dekabrda general Vorontsov oʻrinbosari general Myshlayevskiy va shtab boshligʻi general Yudenichni zobitlar bilan Michingirtga (hozirgi Inkaya) general Bergmann bilan uchrashish uchun yubordi. Bergman aytishicha, Istomin otryadiga hujum faqat mahalliy ahamiyatga ega, Istomin qoʻshinlari 3-Kavkaz artilleriya brigadasi bilan kuchaytirilgandan soʻng Oltuni turklardan qaytarib olishi, asosiy frontda 39-diviziya hujumni muvaffaqiyatli davom ettirishi kerak edi. General Yudenich Bergmanning fikriga qarshi chiqqan. Unga koʻra, Istomin otryadiga hujum turklarning qanotdan manyovr qilishiga ishora edi. Turklar ruslarning oʻng qanotini oʻrab olib, asosiy frontda hujum qilish oʻrniga Sariqamishni kuchaytirish kerak degan qarorga kelgan.

  1. Allen W. E. D., Muratoff Paul. Caucasian Battlefields: A History of the Wars on the Turco-Caucasian Border 1828-1921. Cambridge University Press. 2011. p. 252.
  2. Nurhan Aydın. Sarıkamış Harekatı. 2nd edition. İstanbul: Sonçağ Yayıncılık. February 2015. p. 40.
  3. Allen W. E. D., Muratoff P. Caucasian Battlefields: A History of the Wars on the Turco-Caucasian Border 1828-1921. Cambridge University Press. 2011. P. 284
  4. Joshua A. Sanborn. Imperial Apocalypse: The Great War and the Destruction of the Russian Empire. Oxford University Press. 2014. P. 88
  5. Erickson, Ordered to Die, pp. 59-60.
  6. Joshua A. Sanborn. Imperial Apocalypse: The Great War and the Destruction of the Russian Empire. Oxford University Press. 2014. P. 88
  7. The Encyclopedia Americana, 1920, v.28, p. 403.
  8. Hafız Hakkı Paşa. Sarikamish Diary of Hafiz Hakki Pasha. p. 89.
  9. Yavuz Özdemir. Sarıkamış Harekatı: Bir Savaşın Bilinmeyen Öyküsü. Historia Publishing House, p. 193.
  10. John Buchan, A History of the Great War. p.507.