Kontent qismiga oʻtish

Sarkoma

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sarkoma (yun. sarkos — et va oma — oʻsma maʼnosini ifodalovchi qoʻshimcha) — asosan, biriktiruvchi toʻqimadan (yumshoq toʻqimalar va suyak sarkomalari), baʼzan suyak koʻmigidan (retikulosarkoma) paydo boʻladigan xavfli oʻsma.

Sababchi omillari va rivojlanish molekulyar mexanizmi rakka oʻxshash (qarang Rak). S.ning bir necha turi ajratiladi. S. rakdan kam uchrashi (hamma xavfli oʻsmalarning 3% idan kam), asosan, yosh kishilar yumshoq toʻqimalari va suyaklarining zararlanishi, atrof toʻqimalarning yemirilishi, oʻzidan uzoqrokdagi aʼzolarga tez metastaz berishi, kuchli ogʻriqlar (koʻproq kechalari) va davolash natijalarining kam naf berishi bilan farq qiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil