Kontent qismiga oʻtish

Sarkomastigoforalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sarkomastigoforalar, soxta oyoq xivchinlilar (Sarcomastigophora) — bir hujayrali hayvonlar tipi. Yakka yoki koloniya boʻlib yashaydi. Soxta oyoq (psevdopodiy)lar yoki xivchinlar yordamida harakatlanadi. Ayrim turlarida bu ikki xil organoid ham uchraydi. S. nam tuproq, tinch oqadigan va koʻlmak suvlar, dengiz va okeanlar tubida va planktonda yashaydi. Ayrim turlari odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. 20000 ga yaqin turi maʼlum. Sarkodalilar va xivchinlilar sinflariga ajratiladi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil