Sarminjon
Sarminjon, Jarminkon, Charmangon — oʻrta asrlarda Termiz viloyatidagi yirik shahar. Termizdan Sagʻoniyonga borish yoʻlida (bir manzil masofada) joylashgan. 12-asrda u Termiz viloyatidagi alohida nohiya markazi boʻlib, Balx viloyati nohiyalari bilan chegaradosh boʻlgan. "Hudud ul-olam"tʼ koʻra, 10-asrda Charmangon atrofida koʻplab ekinzorlar va oqar suvlar boʻlgan. 10-asrda S. chiroyli shahar boʻlib, unda Abul Hasan ibn Hasan Moh degan kishiga tegishli ajoyib rabot qurilgan. Bu rabot katta daro-mad keltirgan va unda har kuni kam-bagʻallarga xayriya qilingan.
S. Jarqoʻrgʻonjan 4–5 km jan.gʻarbda joylashgan. Minor qishlogʻi yaqinidagi Kultepa oʻrnida boʻlganligi tax-min etiladi. Oʻrta asrlarda bu yerda katta shahar mavjud boʻlgan, hozirgi atigi 2,5 ga maydongina qolgan. Saljuqiylar davrida 1108/9 yilda qurilgan minora saqlangan (qarang Jarqoʻrgʻon minora-si). Uningjan.da 20-asr boshida eski mas-jid xarobalari qad. koʻtarib turgan; bu yerda yana atrofi pishiq gʻishtdan ishlangan hovuzlar va boshqa inshootlar joylashgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kamaliddinov Sh.S., Iyetoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazmchnsh istochnikam IX—nachala XIII vv., T., 1996.
Shamsiddin Kamoliddinov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |