Kontent qismiga oʻtish

Sarmish davlat buyurtma qoʻriqxonasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sarmish davlat buyurtma qoʻriqxonasi — Navoiy viloyatining Navbahor tumanida, Qoratov togʻidagi hududda joylashgan. 1991-yilda tashkil etilgan. Um. maydoni 5000 ga. Oʻsimliklar va hayvonot olami, noyob qoyatosh rasmlari va tarixiymadaniy yodgorliklarini muhofaza qilish, muhofaza obʼyektlaridan maʼrifiy va ilmiy maqsadlarda foydalanish vazifalarini bajaradi. Hududi Sarmishsoy havzasi va Koraungursoyning bir qismini egallaydi, dengiz sathidan 1000 m balandlikda joylashgan, relyefi Kizilqumning tipik past togʻlaridan iborat.

Qoʻriqxonada shamol eroziyasi natijasida hosil boʻlgan turli odam va hayvonlarga oʻxshaydigan qoyatosh shakllari koʻp. Sarmishsoyya darasida, ayrim olimlarning fikricha, neolit davriga xos boʻlgan 3 mingdan 8 minggacha qad. qoyatosh rasmlari, petrogliflarning hatto jahon darajasida noyob boʻlgan namunalari, Oʻzbekiston Kizil kitobiga kiritilgan Oʻrta Osiyo kobrasi, echkiemar va boshqa sudralib yuruvchilar bor. Petrogliflarni oʻrganish boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil