Kontent qismiga oʻtish

Saros

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saros (yunoncha: saros — takrorlanish) — Quyosh va Oy tutilishlarinnsh bir xil ketma-ketlikda yangidan takrorlanishi orasidagi davr; Quyosh va Oy tutilishlari mos ravishda Quyosh markazining Oyning Yangi oy va toʻlin oy fazalari paytida Oy tugunlari (Qoʻyoshning yillik koʻrinma yoʻli bilan Oy orbitasining kesishgan nuqtalari)ga yaqin burchak masofadan oʻtayotganda roʻy beradi. S. taxminan 18 yil 11 sutka 7 soat 42 minutga teng. Bir S. davrida 41 ta Quyosh, 29 ta Oy tutilishi boʻladi. S. Yunoniston va Misrda qadimdan maʼlum.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil