Kontent qismiga oʻtish

Sarrov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sarrov — bino va imoratlarning toʻsinlari yoki tom yopmasi yogʻochlari (stropilalari) tagiga qoʻyiladigan uzun toʻsin; sinchli yoki karkasli imoratlarning tepasidagi uzun old toʻsini (qarang Sinch). S. uchun diametri 15—30 sm li gʻoʻlalar yoki tomonlari 15x30 sm li toʻrtburchak yogʻochlar tanlanadi. S, odatda, uzunasiga yaxlit boʻladi. Agar imorat uzun boʻlsa, bir necha kalta toʻsinlar birbiriga uchmauch qilib biriktiriladi. S.ga toʻsinlar, stropila va tom yopmalari (tunuka, shifer va boshqalar)ning ogʻirligi tushadi. Shuning uchun S.lar baquvvat materialdan qilinadi. Sinchli imoratlarda S. yogochdan, karkasli (metall) binolarda metalldan boʻlishi mumkin.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil