Kontent qismiga oʻtish

Sarvak

Koordinatalari: 40°41′10″N 70°42′56″E / 40.68611°N 70.71556°E / 40.68611; 70.71556
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sarvandan yoʻnaltirildi)
Sarvak
qishloq
40°41′10″N 70°42′56″E / 40.68611°N 70.71556°E / 40.68611; 70.71556
Mamlakat Tojikiston
viloyat Soʻgʻd viloyati
{{{tuman_turi}}} Asht tumani
Oriyon
Hukumat
 • oqsoqol Norboyev Qodirali
Asos solingan 1959
Avvalgi nomlari Serbogʻ
Maydon 14 km2 (5.4 kv mi)
Rasmiy til(lar)i oʻzbek tili
Aholisi
 (2012)
2 400
Milliy tarkib oʻzbeklar
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+4
Sarvak xaritada
Sarvak
Sarvak

Sarvak — Tojikiston shimolidagi Asht tumani Oriyon jamoatining eng seraholi oʻzbeklar yashaydigan punkti hisoblanadi. Bu Togʻli Sarvakning pastdagi eng yirik boʻlinib tushgan qishloqdir.[1]. Geografik jihatdan Asht tumaning janubi-sharqiy qismida joylashgan boʻlib Sirdaryo sohillariga yaqindir. Bu yerlar atrofi kenglikda boʻlib, Fargʻona vodiysining eng soʻlim joylarinig biridan joy olgan. Deyarli bu oʻlkada oʻzining shimoldagi qismi Togʻli Sarvakga nisbatan farqli oʻlaroq qish faslida u qadar qor yogʻmaydi va subtropik mevalar juda ham tez quyosh nuriga toʻyib pishadi.

Iqlimi jihatidan issiq va tekislikda joylashgan. Qishloqda yoz oylarida havo harorati +30 dan +45 darajagacha issiq boʻladi, qish oylarida esa −0 dan −20 gacha sovuqlik hukmronlik qiladi. Kuzgi va bahorgi paytlarda esa iqlim deyarli bir hil +0 dan tortib to +12 darajagacha obu-havo almashinish hodisasi roʻy beradi.

Irqiy jihatidan — mongoloid irqiga mansub, ushbu aholining aksariyatini oʻzbeklar tashkil etadi.

Qishloq atrofidagi yerlarning qishki mavsumda koʻrinishi

Atroflari keng daladan iborat bu maskanning asosiy tomorqalari, yerning ichidan singib chiqadigan suvlar bilan oziqlanadi. Bu oʻlkalarda anor, behi, tezpishar oʻrik, bugʻdoy, makka joʻxori, shaftoli, piyoz, kartoshka, uzum, olma, gilos, olcha, anjir, nok, qovun, handalak, tarvuz va boshqa poliz ekinlari yetishtiriladi.

Qishloqning asl kelib chiqishi, 60-yillar oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan Togʻli Sarvak aholisining (yaʼni Tojikistonga) pastki hududga koʻchishga, qoʻshni mamlakatning esa butun oʻziga tegishli atrofni qamal qilinishidan boshlandi.[2]. Aslida oldinlari Sobiq Ittifoq davridan bu holatlarning boshlanishi Yu. Andropov davrida Markaziy Osiyoga millat ideologiyalarining paydo boʻlishi, odamlarda qayta qurish, kapitalistikani qoʻllash fikrlari va ohiri parokandalikga olib kelgan bu hokimiyat, qishloqni oʻzbek qardoshlarini oʻz hududlarida bu yerdan siqib chiqarish rejasini oʻylab chiqishga majbur qildi. 1959-yili Togʻli Sarvak aholisi pastlarda oʻz hususiy mulk yerlarini eggalashi boshlandi va u yerlarga sekin-sekin odamlar togʻlardan tushib kela boshlashdi. Oʻsha zamonlarda odamlar Sobiq Ittifoq tez orada parokanda, demografiya jihatidan yarmi aholi Oʻzbekiston hududida yashaydigan kimningdir akasi, singlisi yoki qarindoshini yana 30-yildan keyin bu yaqin insonlarini chegara ortida turib koʻrishni hech kim hayoliga ham keltirmagan edi.

Qishloqdagi yashagan insonlar haqida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Fergana.ru. Anklavi Ferganskoy dolini stanovyatsya zonami vse bolee riskovannogo projivaniya, 2008-09-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-02-19
  2. A. Volosevich. Anklavi Ferganskoy dolini stanovyatsya zonami vse bolee riskovannogo projivaniya., 2016-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-02-19