Kontent qismiga oʻtish

Satin va atlas o‘rilish

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Satin va atlas oʻrilish–Toʻqimachilik oʻngiga chiziq uzun qaplanishlar boʻladi. Shuning uchun toʻqimaning oʻngi, odatda silliq boʻladi. Agar toʻqimaning ungida koʻproq arqoq qoplanish boʻlsa, uni satin oʻralishi deb aytiladi, Aksincha, gazlama oʻngida koʻproq tanda qoplanishi boʻlsa atlas oʻrilishi boʻladi. Satin oʻrilishda har qaysi tanda ipi rapportda faqat bir marta gazlama oʻngiga chiqadi, keyin toʻrtta arqoq ipi tagiga oʻtadi. Keng tarqalgan paxta gazlama-satin ham atlas oʻrilishda toʻqiladi. Satin oʻrilishda arqoq yopilishlar choʻziqroq boʻlgani uchun juda zich gazlamalar toʻqishga imkoniyat tugʻdiradi. Atlas oʻrilish satin oʻrilishda oʻxshaydi, ammo besh ipli atlas oʻrilishda rapportdagi har qaysi tanda ip toʻrtta arqoq ipni yopadi va bitta arqoq ip tagidan oʻtadi. Atlas oʻrilishli gazlamalarning oʻngi tanda iplaridan iborat boʻladi.