Satira teatri
Satira teatri, Abdulla Qahhor nomidagi Respublika satira teatri – Oʻzbekistondagi yagona hajv teatri. Toshkent shahrida joylashgan. 1986-yil „Gap egasini topadi“ dasturi bilan ochilgan. „Tobutdan tovush“ (Abdulla Qahhor) teatrning birinchi spektakli. M.Xoʻjayev, X.Saʼdiyev, N. Otaboyevlar teatr tashkilotchilaridir. T.Sodiqov, L.Saʼdullayev, G.Saʼdullayeva, H.Musaboyev, Sh. Rasulov, Sh. Roʻzioxunov, A.Ibotulinalar teatrning birinchi aktyorlari. Hayotdagi salbiy illatlarni, shaxslar harakteridagi nuqson va kamchiliklarni fosh qilish va masharalash, yangilik va yaxshilikka undash teatr ijodining asosiy xususiyatidir. „Sabil qoddi“ (F.Musajonov), „Janjal“ (Shukrullo), „Mayiz yemagan xotin“ (A.Qaxdor asari asosida M. Boboyev asari), „Kulol va qaroqchi“ (Mehmon Baxti), „Afandi va azroil“ (Yu. Aliyev), „Temir xotin“ (Sh. Boshbekov), „Davlat bolalari“ (R.Muhammadjonov), „Oltin joʻja sarguzashtlari“ (V.Orlov), „Qovurilgan oʻrdak parvozi“ (Tafuk al Hakim, Toʻra Mirzo), „Oybolta va Toshpoʻlat“ (R.Qodirov, A.Qayumov), „Yolgʻonchi darkor“ (D.Psafos), „Adashganlar“ (T. Muhiddin), „Besh kunlik kuyov“ (Shuxrat), „YO shoh, yo Afandi, yo…“ (Sh. Azimzoda) va boshqa teatrda sahnalashtirilgan eng yaxshi spektakllardir. Teatr jamoasi teztez viloyatlarga chiqadi va spektakllardan tashqari teatrlashtirilgan satirik tomoshalar uyushtirib turadi. X. Saʼdiyev, E.Karimov, R. Karimova, B. Ixtiyorov, S.Devonov, T.Sodiqov, M.Nurmatov, Z.Ismoilova, A.Ibotulina, B.Umurzoqova, O.Egamberdiyeva, E.Joʻlliyev kabilar teatrning yetakchi aktyorlaridir. Badiiy rahbari va direktori – Mavlon Xoʻjayev[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |