Kontent qismiga oʻtish

Saturn (raketa)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"SATURN" — Amerikaning 1964—67 yillarda yaratilgan 2 va 3 bosqichli seriyali eltuvchi raketalari (ER) nomi va ularni ishlab chiqish dasturi; "Apollon" kosmik kemasi, "Skayleb" orbital stansiyasi va baʼzi yer sunʼiy yoʻldoshlarini uchirishda qoʻllangan. "S1" va "S.1B" — ikki bosqichli ER. "S.1B" — "Apollon" kosmik kemalarini Yer atrofidagi orbitaga uchirishda qoʻllangan. Start oldi massasi 590 t, diametri 6,5 m, uzunligi 68,3 m. Maksimal foydali yuki 18,1 t. "S.5" — uch bosqichli ER, "Apollon" kosmik kemalarini Yer atrofi va Oy atrofi orbitalarida hamda kosmonavtlarni Oyga eltishda qoʻllangan. Start oldi massasi 2950 t, maksimal foydali yuki 140 t ga yaqin, diametri 10,1 m, uz. 85,6 m.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil