Kontent qismiga oʻtish

Sauðárkrókur

Koordinatalari: 65°44′46″N 19°38′22″W / 65.74611°N 19.63944°W / 65.74611; -19.63944
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sauðárkrókur
Shahar
65°44′46″N 19°38′22″W / 65.74611°N 19.63944°W / 65.74611; -19.63944
Mamlakat Islandiya
Okrug Shimoliy g‘arbiy
Tuman Shimoliy g‘arbiy
Munitsipalitet Skagafjörður
Hukumat
 • Hokim Sigfús Ingi Sigfússon
Maydon 4.2 km2 (1.6 kv mi)
Aholisi
 (2019)
2 614
Vaqt mintaqasi UTC+0
Pochta indeks(lar)i 550
Sauðárkrókur xaritada

Sauðárkrókur (islandcha talaffuzi: ˈsœyːðˌaurˌkʰrouːkʏr̥) - Islandiyaning shimolidagi Skagafjörðurda joylashgan shahar. Bu shahar Skagafjörður munitsipalitetining va shimoliy-gʻarbiy mintaqaning ham markazi hisoblanadi.

Sauðárkrókur - Shimoliy-gʻarbiy Islandiyaning eng yirik shahri va aholisi 2612 kishidan iborat boʻlib, Islandiyaning shimoliy sohilidagi ikkinchi yirik shahar hisoblanadi. Bu shahar viloyatning savdo va xizmat ko'rsatish markazi va Islandiyaning oziq-ovqat ishlab chiqarishdagi muhim bogʻini. Soʻnggi yillarda Sauðárkrókur aholisi doimiy ravishda oʻsdi va uning iqtisodiyoti nisbatan xilma-xil.

Iqtisodiyotining asosiy tayanchi baliqchilik, sut mahsulotlari, yengil sanoat shu bilan birga kompyuter va muhandislik operatsiyalari, moliyaviy masalalar, konsalting, dizayn va bosmachilik kabi keng qamrovli xizmatlar sanaladi. Sauðárkrókurdan 15 kilometr (9 12 mi) shimolda joylashgan tabiiy issiq hovuz Grettis dostonida qayd etilgan.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sauðárkrókur nomi quruqlikni kesib oʻtuvchi daryodan olingan. Daryo Sauðá deb nomlanadi. Sauðárkrókur nomi esa Sauðá bilan Shimoliy muz okeani kesishgan sohilni bildiradi. Bu soʻz ingliz tiliga toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima qilinganda „qoʻy-daryo-ilgak“ boʻlardi.

Islandiya IX asrning oxirida asosan Skandinaviya vikinglari tomonidan tashkil qilingan. Skagafjörður mintaqasida koʻplab yerni umume'tirof etilgan qoidalarga koʻra taqsimlagan manzilgohlar mavjud. Sauðárkrókurni birinchi marta viking Sæmundr Suðureyski („Janubiy orollardan Sæmundur“. „Janubiy Orollar“ bu vikinglar Shotlandiya qirgʻoqlaridagi Gebrid orollariga bergan nomdir), ammo u oʻz yerini belgilayotganda Skefill deb ataladigan viking shaharning eng qadimgi qismi hozirgi kunda joylashgan yerni muvaffaqiyatli „oʻgʻirlagan“. Koʻchmanchilar Sauðárkrókurda oʻz uylarini qurmagan va shaharning hozirgi joyida taxminan 1000 yilgacha aholi yashamagan.

Bozor va savdogarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Skagafjörðurga kemani qoʻyish dengizchilar va savdogarlar uchun oson ish boʻlmagan. Ayniqsa fyordning gʻarbiy sohilida tabiiy portlar kam, aksariyat savdogarlar fyordning sharqiy qirgʻogʻidagi Xofsos, Grafarós va Kolkuós savdo nuqtalarida toʻxtashgan. Daniya monopoliyasi davrida (1602-1787) Hofsós Skagafjörðurdagi yagona ruxsat etilgan savdo nuqtasi edi. Bu vaqtda Héraðsvötn daryosi fyordning gʻarbiy tomonida yashovchilar uchun katta toʻsiq edi va koʻplab odamlar bozorga borish uchun daryoni kesib oʻtayotgan paytda vafot etishgan. Shuningdek, vodiyning gʻarbiy tomonidagi vodiy aholisi soni borgan sari oshib bordi va qulay bozorga boʻlgan ehtiyoj ham paydo boʻldi. Bir necha marotaba xususiy tadbirkorlar Sauðárkrókur qirgʻogʻida oʻz kemalari bilan noqonuniy savdo qilish orqali oʻz omadlarini ham sinab koʻrishdi. 1856-yilga kelib Sauðárkrókur ruxsat etilgan savdo nuqtasiga aylandi va savdogarlarga oʻz kemalarida savdo qilishga ruxsat etildi.

Birinchi aholisi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1871-yilda Sauðárkrókurda birinchi aholi turar-joylari tashkil etildi. Temirchi Árni Árnason, uning rafiqasi Sigríður Eggertsdóttir va bir necha bolalari bilan bu gullab-yashnagan hududdagi qishloq xoʻjaligi jamoasiga temirchilik xizmatini koʻrsatish uchun shu yerga joylashdilar. Juftlik ichimliklar va tungi xizmatlarni sotishga qaror qilishdi. Ularning biznesining bu qismi tez oʻsdi va Árniga „Árni Vert“ yoki „Arni mehmonxona egasi“ degan yangi laqabni olib keldi. 1873-yilda birinchi savdogar Sauðárkrókurda joylashdi. Doʻkon egasi Erlendur Hallsson oʻzining uyida savdo qilib, bu yerda oʻzining ikkinchi uyini qurdi. 1900 yilga kelib bu yerda taxminan 400 nafar aholi yashardi va bu aholi punkti kasalxona, maktab va cherkovga ega boʻlgan toʻliq shakllangan qishloqqa aylanib borardi.

Sauðárkrókur tundra iqlimi (ET) bilan chegaralangan moʻtadil subarktik iqlimga (Köppen: Dfc) ega. Sauðárkrókurda yil davomida oʻrtacha harorat taxminan 3,2 °C (37,8) boʻlib, yilning eng sovuq oylarida (yanvar-fevral) oʻrtacha past harorat -5 °C (23) atrofida boʻladi.

Bu hudud Shimoliy Atlantika okeanida joylashgan boʻlib, juda shamolli. Ammo kuchli boʻronlar odatiy emas. Sauðárkrókur shahrida shamolning yoʻnalishi shimol va janubdan janubi-gʻarb tomonga boʻlib oʻrtacha tezligi 6,7 m/s ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik taxminan 460 mm (20 dyuym) boʻlib, yil davomida teng taqsimlanadi, bahor va yoz boshlarida eng quruq mavsum boʻlib koʻrinadi.

Sauðárkrókur yozgi kunlar vaqtida 4 dan 5 kungacha qutb kunini boshdan kechiradi[1]. Bu atmosferaning sinishi bilan bogʻliq, chunki shahar Arktika doirasining janubida joylashgan. Sauðárkrókurda qutb kechasi boʻlmasa-da, kunning eng qisqa uzunligi 3 soat 1 daqiqa boʻlib, qish kuni 11:46 UTC dan 14:47 UTC gacha boʻladi[2].

Iqlim koʻrsatkichlari Bergstaðir, Sauðárkrókurdan 4 km (2.5 mi) uzoqda, 1981–2010 me’yorlar, ekstremal 1978–2018
Oy Yanvar Fevral Mart Aprel May Iyun Iyul Avgust Sentyabr Oktyabr Noyabr Dekabr Year
Yuqori harorat °C (°F) 11.0
(51.8)
11.3
(52.3)
12.6
(54.7)
19.6
(67.3)
20.5
(68.9)
22.7
(72.9)
24.5
(76.1)
26.5
(79.7)
20.5
(68.9)
17.2
(63.0)
15.5
(59.9)
13.4
(56.1)
26.5
(79.7)
Oʻrtacha yuqori harorat °C (°F) 1.2
(34.2)
1.3
(34.3)
1.9
(35.4)
4.7
(40.5)
8.8
(47.8)
12.3
(54.1)
13.8
(56.8)
13.3
(55.9)
10.0
(50.0)
5.4
(41.7)
2.8
(37.0)
1.7
(35.1)
6.4
(43.5)
Kunlik oʻrtacha harorat °C (°F) −1.6
(29.1)
−1.9
(28.6)
−1.1
(30.0)
1.4
(34.5)
5.1
(41.2)
8.6
(47.5)
10.1
(50.2)
9.8
(49.6)
6.6
(43.9)
2.6
(36.7)
0.0
(32.0)
−1.1
(30.0)
3.2
(37.8)
Oʻrtacha past harorat °C (°F) −4.6
(23.7)
−4.7
(23.5)
−3.8
(25.2)
−1.3
(29.7)
2.2
(36.0)
5.6
(42.1)
7.5
(45.5)
7.2
(45.0)
4.1
(39.4)
0.2
(32.4)
−2.7
(27.1)
−4.1
(24.6)
0.5
(32.9)
Minimum past harorat °C (°F) −19.2
(−2.6)
−19.9
(−3.8)
−22.1
(−7.8)
−14.6
(5.7)
−12.7
(9.1)
−3.2
(26.2)
1.6
(34.9)
−0.2
(31.6)
−6.1
(21.0)
−11.3
(11.7)
−17.2
(1.0)
−19.1
(−2.4)
−22.1
(−7.8)
Oʻrtacha yogʻingarchilik sm (dyuym) 42.2
(1.66)
37.6
(1.48)
40.8
(1.61)
28.7
(1.13)
25.3
(1.00)
27.7
(1.09)
35.9
(1.41)
42.5
(1.67)
48.3
(1.90)
50.6
(1.99)
37.7
(1.48)
43.9
(1.73)
461.3
(18.16)
Yogʻingarchilik kuzatiladigan oʻrtacha kunlar (≥ 1.0 mm) 7.8 9.0 9.0 7.3 6.2 6.2 8.2 8.9 9.8 10.8 8.7 9.0 100.0
Average snowy days (≥ 0 cm) 19.2 17.1 16.7 8.1 1.3 0.0 0.0 0.0 0.4 5.3 13.2 17.3 98.6
Manba 1: NOAA[3]
Source 2: Islandiya meteorologiya boshqarmasi [4]

Shahar va qoʻshni hududga Sauðárkrókur aeroporti xizmat koʻrsatadi, garchi u rejalashtirilgan parvozlarga ega boʻlmasa ham. Rejalashtirilgan parvozlarga ega eng yaqin aeroport bu Akureyri aeroporti, yoʻldan taxminan 120 km (75 mi) uzoqda. Shahar Varmahlíð bilan 75-yoʻnalish orqali Route 1 ga ulangan yoki muqobil ravishda Blönduos bilan 744 va 74-yoʻnalishlar orqali (yoʻl sharoitlari mos boʻlganda) bogʻlangan. Reykyavik yoʻldan taxminan 300 km (186 mi) uzoqlikda joylashgan.

Shaharda 2004-yilda qurilgan Sauðárkróksvöllur nomli stadion bor[5]. Mahalliy sport klubi UMF Tindastóll.

Mashhur insonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Sigurlaugur Elíasson (1957-) - rassom va shoir
  • Eyjólfur Sverrisson (1968-) - futbol milliy terma jamoasi oʻyinchisi va murabbiyi
  • Ásgeir Ægisson (2001-) - musiqachi, sahnadagi ismi Ouse
  • Erla Þorsteinsdóttir (1933-2022) - qoʻshiqchi