Kontent qismiga oʻtish

Saudi Binladin Group

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Saudi Binladin Group
مجموعة بن لادن السعودية

Saudi Binladin group ofislari, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari.
Turi biznes va korxona
Tarmogʻi Xususiy konglomerat, holding kompaniyasi
Egasi Muhannad Al-Azzaviy
Qachon asos solingan 1931 (93 yil avval) (1931)
Joylashuvi Jidda,Saudiya Arabistoni
Asoschi(lari) Muhammad bin Ladin
Rahbariyat Istidama Holding (36.22%)
Bin Ladin oilasi (63.78% rivojlanish va tijorat sarmoyalari boʻyicha Binladin kompaniyasi orqali)[1]
Vebsayti sbg.com.sa

Saudi Binladin Group (SBG,arabcha: مجموعة بن لادن السعودية ), 2019-yildan beri Binladin Group Global Holding kompaniyasi sifatida tanilgan[1], shtab qarorgohi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan transmilliy qurilish korxonasidir. 2011-yilda Saudiya Arabistoni Binladin Group dunyodagi eng baland bino – Jidda Tower qurilishi boʻyicha 1,23 milliard dollarlik kelishuv shartnomasini imzolagan. Ular, shuningdek, Doʻhada joylashgan Doʻha metrosini qurish boʻyicha 3,4 milliard AQSH dollari miqdoridagi kelishuvda ishtirok etgan[2]. Korxona taxminan 537 kompaniyani oʻz ichiga oladi[3]. Kompaniyaga milliarder Muhammad bin Ladin asos solgan.

Umumiy koʻrinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

SBG 1931-yilda Shayx Muhammad bin Ladin tomonidan tashkil etilgan boʻlib, uning mamlakat asoschisi Abdulaziz as-Saud bilan munosabatlari Makka va Madinadagi masjidlarni taʼmirlash kabi muhim hukumat shartnomalariga olib keldi. 1964-yilda Muhammad bin Ladinga Quddusdagi Qoya gumbazini qayta tiklash topshirilgan[4]. 1967-yilda Shayx Muhammad vafotidan keyin kompaniyaga Muhammadning birinchi xotinining ukasi va eng katta farzandlarining amakisi Muhammad Baharet boshchilik qildi. 1972-yilda Muhammad bin Ladinning toʻngʻich oʻgʻli Salem bir nechta aka-ukalarning yordami bilan otasining vorisi boʻldi. 1988-yilda Salim aviahalokatda vafot etgach, kompaniya rahbariyati Salemning ukalaridan biri Bakr va Binladin boshqaruvini tashkil etuvchi oʻn uch aka-uka bilan birga oʻtdi. Ulardan eng muhimlari Hasan bin Ladin, Yeslam bin Ladin va Yahyo bin Ladin edilar.[manba kerak]

Kompaniya 2011-yilda dastlabki takliflarni koʻrib chiqdi, ammo neft narxlari pastligi, zaif fond bozori va ortiqcha qogʻozbozlik toʻsiqlari tufayli buni rad etdi[3].

2018-yil aprel oyida Bakr bin Ladin, shuningdek, uning akalari Solih va Saad Saudi Binladin kompaniyasidagi 36,2 foiz ulushini Moliya vazirligiga qarashli Istidama xolding kompaniyasiga oʻtkazdi. Saudiya Arabistoni hukumati keyinchalik Abdul Rahmon Al Harkan, Xolid Nahas va Xolid Al Xovayterni oʻz ichiga olgan Binladin kompaniyasini boshqarish uchun besh kishilik qoʻmita tuzdi[3]. Reuters mulk oʻtkazilishini noqonuniy davlat nomiga oʻtkazish deb taʼrifladi, qoʻmita raisi al-Harkan Moliya vaziri Muhammad Al-Jadaanga hisobot berib, Moliya vazirligidan 11 milliard rial kredit olish boʻyicha muzokaralar olib bordi[3].

Joriy faoliyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Binladin Group Saudiyaning aksariyat shaharlarida – Ar-Riyod, Dammom va mintaqaning bir qator yirik shaharlarida (Bayrut, Qohira, Amman, Dubay) mavjud. PBS yangiliklar dasturining Frontline qisqacha mazmuniga koʻra[5]:

Binladin kompaniyasi Makkada Abraj al Bayt minolarini[6] va Jiddada Jidda Towerni qurish uchun Kingdom Holding kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi[7].

2015-yil 11-sentyabr kuni Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Buyuk masjidda qurilish ishlarini amalga oshirayotganda kuchli shamol tufayli kompaniyaning kranlaridan biri qulab tushgan, natijada 118 kishi halok boʻldi va deyarli 400 kishi jarohat olgan. Natijada Saudiya qiroli firmaga joriy loyihalarini koʻrib chiqish paytida yangi loyihalarni qabul qilishni taqiqlagan. Saudiya Arabistoni hukumati 2016-yil may oyida Binladin Groupga qoʻyilgan taqiqni olib tashlagan va ularga yangi loyihalarga taklif kiritish imkonini bergan[8].

Saudiya Arabistonidagi loyihalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Jiddadagi Royal Terminal
  2. Jiddadagi Qirol Abdulaziz xalqaro aeroporti
  3. Al Faysalyoh markazi
  4. Madina-Qosim tezkor yoʻli
  5. Makkadagi Um Alqura universiteti
  6. Jiddadagi Lotus birikmalari
  7. Nura bint Abdul Rahmon universiteti
  8. Makkadagi Abraj Al Bayt minorasi
  9. Jiddadagi Jidda Tower
  10. Qirol Abdulla iqtisodiy shahri
  11. Jamaraat koʻprigi
  12. Saudiya Arabistoni Milliy gvardiyasi uy-joy loyihasi
  13. Ar-Riyoddagi Qirol Abdulla moliya okrugi
  14. Saudiya Arabistoni temir yoʻllari loyihalari CTW-100 va CTW 100
  15. Al Masjid Al-Haromni kengaytirish

Xalqaro loyihalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Senegaldagi Blaise Diagne xalqaro aeroporti
  2. BAAdagi Sharja xalqaro aeroportini kengaytirish va rivojlantirish
  3. BAAdagi Sharja universiteti
  4. Maldiv orollarida Velana xalqaro aeroportini kengaytirish
  5. Malayziyadagi Kuala-Lumpur xalqaro aeroporti

SBGning internet tarmogʻi saudi-binladin-group.com 2000-yil 11-sentyabrda bir yil davomida roʻyxatdan oʻtgan, ammo 11-sentyabr hujumlari bilan bir kunda tugatilgan. Keyinchalik tarmoq domen spekulyatori tomonidan sotib olingan.

  1. 1,0 1,1 Kalin, Stephen „Exclusive: Saudi Arabia curbs family influence in Binladin group shake-up“. Reuters (2019-yil 19-mart).
  2. Fattah, Zainab. „Alwaleed Hires Saudi Binladin to Build World's Tallest Tower“. Bloomberg Business (2011-yil 2-avgust).
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Paul, Katie; Arnold, Tom; Ashad, Marwa; Kalin, Stephen. „Special Report: As a Saudi prince rose, the Bin Laden business empire crumbled“. Reuters (2018-yil 27-sentyabr).
  4. „About Us“. sbg.com.sa. Saudi Binladen Group (2010). 2011-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-sentyabr.
  5. „About the bin Laden Family“. PBS. Qaraldi: 2011-yil 2-avgust.
  6. „Council on Tall Buildings and Urban Habitat“. www.ctbuh.org.
  7. „Bin Laden Group to build world's tallest tower“. CNN (2011-yil 2-avgust). 2011-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-avgust.
  8. „Saudi suspends Binladen group over Mecca crane crash - royal court“ (en). Reuters (2015-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.