Saudiya Arabistoni suveren jamgʻarmasi
Fayl:Logotipi | |
Turi | suveren fond |
---|---|
Tarmogʻi | invistitsiyalar |
Qachon asos solingan | 17-avgust 1971-yil |
Joylashuvi | Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni |
Asoschi(lari) | Faysal Ibn Abdulaziz Assaʼud |
Prezidenti | Muhammad ibn Salmon Al-Saud |
Direktori | Yosir al-Rumayyan |
Boyligi | 430 mlrd. dollar[1] |
Vebsayti | https://www.pif.gov.sa |
Saudiya Arabistoni Suveren Jamgʻarmasi (inglizcha: Public Investment Fund ; arabcha: صندوق الإستثمارات العامة) – umumiy aktivlari 430 milliard dollarni tashkil qiluvchi dunyodagi eng yirik suveren fondlardan biridir.[2] U Saudiya Arabistoni hukumati nomidan mablagʻlarni investitsiya qilish uchun tashkil etilgan. Jamgʻarma portfeli 200 ga yaqin investitsiyalarni oʻz ichiga oladi, ulardan 20 ga yaqini Saudiya Tadawul fond birjasida joylashgan.
Jamgʻarma loyihalarga kapital qoʻyilmalar, kreditlar yoki kafolatlar orqali investitsiya kiritadi. Shuningdek, yirik davlat va xususiy sanoat loyihalariga oʻrta va uzoq muddatli kreditlar beradi. Jamgʻarma telekommunikatsiya, aerokosmik sanoat, energetika, yashil texnologiyalarga[3] invistitsiya qiladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saudiya Arabistoni suveren jamgʻarmasi 1971-yilda M / 24[4] farmoni bilan milliy iqtisodiyot uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan loyihalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun tashkil etilgan.
Jamgʻarma tashkil etilganidan beri Qirollikning asosiy sarmoyaviy vositasi boʻlib, neftni qayta ishlash, oʻgʻitlar, neft-kimyo va energetika sanoatidagi muhim loyihalarni moliyalashtirishda muhim rol oʻynadi. 2014-yil iyul oyida Vazirlar Kengashi Fondga kengashning oldindan roziligisiz mustaqil ravishda yoki davlat va xususiy sektorlar bilan hamkorlikda Qirollik ichida va tashqarisida yangi loyihalarni moliyalashtirish vakolatini berdi[5]
Investitsiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yildan beri Fond bir qator yirik sarmoyalarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, 2015-yil iyul oyida Janubiy Koreyaning Posco Engineering & Construction Co kompaniyasining 38% ulushini sotib oldi.[6] 2016-yil iyun oyida Fond Uber aksiyalarining 5 foizga yaqinini 3,5 milliard dollarga sotib oldi. 2016-yil 14-oktabrda SoftBank texnologiya sohasiga besh yil davomida 45 milliard dollargacha sarmoya kiritishni rejalashtirgan SoftBank Vision Fundni tuzish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolanganini eʼlon qildi[7].
2016-yil mart oyida Saudi Aramco nazorati Fondga oʻtishi va qirollik 2017-yilgacha Aramco aksiyalarining 5 foizini listingini maqsad qilgani maʼlum qilingan edi. Jamgʻarma 2 trillion dollarlik aktivlari bilan dunyodagi eng yirik suveren jamgʻarmadir.[8]
2017-yilning 20-may kuni Prezident Donald Trampning Saudiya Arabistoniga rasmiy safari doirasida boʻlib oʻtgan Saudiya-Amerika forumi chogʻida Fond „asosan AQShdagi infratuzilma loyihalariga 40 milliard dollar sarmoya kiritish“ rejalarini eʼlon qildi. Saudiya Arabistoni General Electric, Lockheed Martin va Blackstone Group kompaniyalari bilan biznes bitimlari tuzdi. Blackstone Fondga 20 milliard dollar ajratish boʻyicha majburiy boʻlmagan shartnoma imzoladi.[9]
2019-yil 29-yanvarda Saudiya Arabistoni kapitali 500 milliard dollar boʻlgan NEOM xususiy masʼuliyati cheklangan jamiyati tashkil etilganini eʼlon qildi Jamgʻarmaga toʻliq tegishli boʻlgan ushbu kompaniyaning maqsadi Neom[10] iqtisodiy zonasini rivojlantirishdir.
2020-yil 27-aprelda Fond 500 million dollarlik Live Nation kontsert distribyuterining 5,7% ulushini sotib oldi[11].
2020-yil 16-may kuni Fond Amerikaning yirik kompaniyalari, jumladan Boeing, Facebook va Citigroup[12] dagi kam miqdordagi ulushlarini sotib oldi. Jamgʻarma Boeingʻdagi 713,7 million dollar, Citigroup’dagi taxminan 522 million dollar, Facebook’dagi 522 million dollar, Disney’dagi 495,8 million dollar va Bank of Americaʼdagi 487,6 million dollar ulushi borligini oshkor qildi. Shuningdek, u Berkshire Hathawayʻdagi kichik ulushini, hamda[13] BP neft kompaniyasidagi 827,7 million dollar miqdoridagi[14] ulushini ham oshkor qildi.
2020-yil 18-may kuni SoftBank Saudiya Arabistoni 45 milliard dollar sarmoya kiritgan Vision Fund 2019—2020-yillar davomida 17,7 milliard dollar zarar koʻrganini tasdiqladi. Bu zararlar WeWork va Uberga kirgazilgan sarmoyalar bilan bogʻliq yoʻqotishlar[15] ekanligi aytildi.
2020-yil iyun oyida Jamgʻarma Hindistonning Reliance Industries shoʻʻba korxonasi Jio Platformsʻning 1,5 milliard dollarlik 2,32% ulushini sotib oldi[16][17].
2021-yil oktabr oyida Fond Nyukasl Yunayted futbol klubini 300 million funt sterlingga klubning aksiyadori Mark Eshlidan[18][19] 80%ni aktsiyasini sotib oldi. Bu bilan klubni toʻliq oʻz nazoratiga oldi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Public Investment Fund (PIF) - Sovereign Wealth Fund, Saudi Arabia - SWFI“. www.swfinstitute.org. Qaraldi: 2021-yil 19-iyun.
- ↑ „Top 89 Largest Sovereign Wealth Fund Rankings by Total Assets - SWFI“. www.swfinstitute.org. Qaraldi: 2020-yil 26-oktyabr.
- ↑ „PIF - Public Investment Fund“. www.pif.gov.sa. Qaraldi: 2020-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Public Investment Fund“. www.unescwa.org. Qaraldi: 2020-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Saudis refine blueprint for post-oil economy“ (en). Al-Monitor (2016-yil 26-aprel). Qaraldi: 2020-yil 26-oktyabr.
- ↑ „“Letʻs establish a joint venture”, following a 20-minute explanation of the miracle of Incheon Songdo.“ (en). 2020-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-yanvar.
- ↑ „SoftBank Group Corp. to Establish SoftBank Vision Fund“ (en). SoftBank Group Corp.. Qaraldi: 2020-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Saudi Arabiaʻs PIF targets $2 trillion portfolio by 2030“ (en). The National. Qaraldi: 2020-yil 26-oktyabr.
- ↑ Julia Manchester. „Blackstone, Saudis set to invest $40 billion in primarily U.S. infrastructure“ (en). TheHill (2017-yil 20-may). Qaraldi: 2020-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Saudi Arabia announces creation of Neom Company“ (en). Arab News (2019-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Saudi fund acquires $500m stake in Live Nation – as the company balances ʻdoing the right thingʻ with its $3.8bn cash pot“ (en-US). Music Business Worldwide (2020-yil 27-aprel). Qaraldi: 2020-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Saudi sovereign fund discloses stakes in Citi, Boeing, Facebook“ (en). CNBC (2020-yil 16-may). Qaraldi: 2020-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Saudi Sovereign-Wealth Fund Buys Stakes in Facebook, Boeing, Cisco Systems“.
- ↑ „Saudi Arabia's Public Investment Fund invests billions of dollars in Boeing, Disney and Facebook shares“ (en). The National. Qaraldi: 2020-yil 26-oktyabr.
- ↑ „SoftBank Vision Fund Posts 197.7 Billion Loss on WeWork, Uber“. Bloomberg.com (2020-yil 18-may). Qaraldi: 2020-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Jio-PIF deal: All you need to know about Saudi Arabia's PIF, the latest investor in Jio Platforms“. www.moneycontrol.com. Qaraldi: 2020-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Reliance Industries' Jio Platforms Has Raised Rs 1.16 Lakh Crore Within 9 Weeks Through These 11 Deals“. NDTV.com. Qaraldi: 2020-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Инвестиционный фонд Саудовской Аравии купил английский футбольный клуб "Ньюкасл Юнайтед"“. BBC News Русская служба (2021-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Самый богатый фонд в мире выкупил клуб АПЛ «Ньюкасл» за 360 млн евро“. www.eurosport.com (2021-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayt
- SWFI dan ochiq profil